Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda.

Xalqaro ekspertlar Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanishi uchun nima qilish kerakligini aytdi

© SputnikEkonomicheskiy forum v Tashkente
Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi Oʻzbekiston iqtisodiy forumi boʻlib oʻtmoqda.
Toshkent 29 sen - Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” forumining dastlabki davra suhbati “Iqtisodiy oʻsish omillarini yaratish: eski va yangi qiyinchiliklar bilan dadil yuzlashish” mavzusiga bagʻishlandi.
Xalqaro va mahalliy ekspertlar Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanishiga asos boʻlishi mumkin boʻlgan bir qator “oʻsish omillari”ni sanab oʻtishdi.

"Yashil oʻsish" va yoshlar potentsiali

Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston oʻz oldiga keyingi 5-6 yilda 5-7 foizgacha oʻsish rejasini qoʻymoqda. “Bu, albatta, oson emas, dedi Norqulov. Mahsuldorlikni, energiya samaradorligini taʼminlash, makroiqtisodiy barqarorlik orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishish lozim. Tabiiy resurslar, jumladan, Markaziy Osiyoda alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv zaxiralari kamayib bormoqda. Shu sababdan ham “yashil oʻsish”ga erishishni maqsad qilganmiz”.
Oʻzbekiston aholisining 55 foizini yoshlar tashkil qiladi, bu ulkan potentsial degani, deya qayd etdi vazir oʻrinbosari. Keyingi yillarda, shuningdek, qishloq hududlarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, yer islohotlari, suv islohotlarini oʻtkazishga eʼtibor qaratiladi – bu islohotlarimizning ikkinchi bosqichidir. “Biz faqat moliyaviy resurslarni emas, aqliy, bilim resurslarini ham jalb etishni boshladik”.
Oʻzbekiston shu paytga qadar islohotlarni samarali amalga oshirayotgani, ayniqsa, pandemiya sharoitida oʻsish koʻrsatkichlarini saqlab qolgani yuzasidan ishtirokchilarning fikrlari yakdil.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Iqtisodiy forum muammolarni bartaraf etish uchun munosib platformaga aylanadi - Mirziyoyev

Ish oʻrinlari va xususiy sektor

“Keyingi bosqich qanday boʻlishi kerak? Bu savolga aniq javob topish lozim, dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha iqtisodchisi Sandip Mahajan. Agar Oʻzbekiston oʻz oldiga qoʻygan katta maqsadlarga amalda erishmoqchi ekan, u holda yillik 10 foizgacha oʻsish talab etiladi. Koʻplab ish oʻrinlari yaratish, koʻproq “yashil rivojlanish” – bu borada rejalar katta. Muhimi, harakatlar niyatlarga mutanosib ravishda boʻlishiga erishish”
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo boʻyicha departament direktori Ron van Ruden tashqi qarz oʻsayotganiga eʼtibor qaratar ekan, katta loyhalar katta investitsiyalarni jalb etayotganini qayd etdi. Va bu, oʻz navbatida qarzning oshishiga sabab boʻlmoqda. “Albatta, yirik loyihalarni roʻyobga chiqarish bilan birga, xususiy sektorni rivojlantirish kerak – shunda iqtisod ham taraqqiy etadi. Oʻzbekistonda aynan shu yoʻnalishga siyosat darajasida eʼtiborning guvohi boʻlib turibmiz”.

Davlat-xususiy sherikligi va mahalla

“Oʻzbekiston barqaror reytingga ega, dedi anjumanda onlayn tarzda ishtirok etgan “Fitch Ratings” Oʻzbekiston suveren kredit reytingi tahlilchisi Erik Arispe. Misol tariqasida aytadigan boʻlsam, JAR va Turkiya ham ana shunday reytingda. Oʻzbekiston tizimli oʻzgarishlarni boshidan kechirmoqda. IJ darajasiga chiqish uchun vaqt talab etiladi. Indoneziya bunga 6 yil, Filippin 10 yil sarflagan. Albatta, mamlakatga sarmoyalar kirayotgani hamma narsa yaxshi boʻladi, degani emas. Barqarorlik bir qancha omillardan shakllanadi. Toʻgʻri, davlat qarz bilan bogʻliq xatarlardan xabardor. Bu xatarlar davlat-xususiy sheriklik tizimiga xalal bermasligi lozim”.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mintaqa boʻyicha katta iqtisodchisi Erik Livni “Oʻzbekiston YETTB portfelida muhim oʻringa ega” ekanini qayd etdi. Davlatning muvaffaqiyati – barcha soha va tizimlarda ishning toʻgʻri tashkil etilishiga bogʻliq boʻladi, dedi u oʻz soʻzida. Oʻzbekiston shaharlarida, xususan, Toshkent va Samarqandda boʻlganimda, nafaqat katta maydonlar, xiyobonlar, aholi yashaydigan hududlarni ham borib koʻrdim. Va juda goʻzal manzaraga duch keldim – tozalik, ozodalik va tartib hukmron ekan. Qiziqib koʻrib, bilsam, Oʻzbekiston 21-asrda oʻzining tarixiy instituti – mahallani saqlab qolibdi. Bir narsaga ishonchim komil – inson yolgʻiz oʻzi koʻp narsaga erisholmasligi mumkin, lekin odamlar birlashsa, maqsadga yetish osonroq boʻladi. Mahalla esa aynan odamlarni birlashtirar ekan. Mana shunday holatni, yaʼni birdamlikni islohotlar jarayonida ham qoʻllashga erishish kerak”.
Finansovыy grafik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Oʻzbekiston qaysi omillar evaziga pandemiya qiyinchiliklariga bardosh bera oldi
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan iqtisodiy forumda xalqaro darajadagi xorijiy ekspertlar, xalqaro moliya institutlari va yirik banklar, konsalting va reyting kompaniyalari, chet el va mahalliy tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala