Dunyoda

AQSH Bosh shtabi rahbari amerikaliklar Afgʻonistonda magʻlubiyatga uchraganini tan oldi

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
AQSH Bosh shtabi rahbari amerikaliklarning Afgʻonistondagi harakatlarini "magʻlubiyat", deb nomladi
TOSHKENT, 30 sen - Sputnik. Amerika garchi oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarning aksariyatini bajargan boʻlsa-da, biroq Afgʻonistondagi urushni boy berdi va bu strategik magʻlubiyat boʻldi. Bu haqda AQSH Bosh shtabi rahbari Mark Milli bayonot berdi.
Mark Milli senatdagi eshituvda AQSH Afgʻonistonda qator strategik xato qarorlarni qabul qilgan va bu oxir-oqibat AQSH magʻlubiyatiga sabab boʻlganini, jumladan, amerika hukumati toliblarga respublika hokimiyati tepasiga kelishiga halal bera olmaganini aytgan.
""Tolibon"* hokimiyatni mustahkamlay oladimi yoki mamlakat darz ketishda davom etadimi - bu noaniq", – deb aytgan Milli, uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Samolet afganskix VVS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
WSJ: afgʻon uchuvchilari Oʻzbekistondan AQSH harbiy bazasiga olib ketiladi
AQSH Bosh shtabi rahbarining soʻzlariga koʻra, "Tolibon"* harakati terrorchi tashkilotligicha qolmoqda va "Al-Qoida"* bilan munosabatlarni davom ettirmoqda.
Endilikda kelajakda xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun xulosa chiqarish kerak, deb qoʻshimcha qildi u.
Qoʻshma Shtatlar va NATOga aʼzo boshqa davlatlar bahorda Afgʻoniston hududidan oʻz qoʻshinlarini chiqara boshlagach, respublikada vaziyat keskin tus oldi. Avgust oyining oʻrtalariga kelib "Tolibon"* jagarilari Islom Respublikasidagi barcha yirik shaharlar va chegara oʻtish punktlarini egallab oldilar.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala