Dunyoda

"AQShni oʻzi shunga majbur qildi": Erdogʻan Turkiya nega RFdan S-400larni sotib olgani haqida

Turetskiy lider zayavil, chto Turtsiya vprave ukreplyat svoyu oboronu, kak yey zablagorassuditsya.
TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdogʻan The New York Times nashriga bergan intervyusida Anqara Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilish toʻgʻrisidagi bitimga majburan borgan, sababi, AQSH unga oʻzining havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari - Patriot ni sotishdan voz kechganligi haqida aytib oʻtgan.
"Bu arziygulik bitim boʻldi, deb oʻylayman... Biz oʻz mudofaamizni oʻzimiz ixtiyor etgandek mustahkamlashga haqlimiz", - deya taʼkidlagan Erdogʻan.
Zenitnыy raketnыy kompleks S-400 Triumf - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2020
Analitika
Turkiya Rossiyadan S-400ning yangi partiyasini xarid qiladi
Bir vaqtning oʻzida turk yetakchisi "mudofaa" va amerikaliklar bilan munosabatlarni "mustahkamlanishini" muhim, deya atagan.
2018 yilning dekabr oyida AQSH Davlat departamenti Turkiyaga Patriot havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari sotish qarorini maʼqullagan edi. Bitim summasi 3,5 milliard dollarni tashkil etdi. Ammo bu vaqtga kelib Turkiya S-400ni yetkazib berish boʻyicha bitimni imzolashga ulgurgan edi.
AQSH Turkiyadan Patriot foydasiga rossiya tizimlaridan voz kechishni talab qildi va Anqaraga eng yangi F-35 qiruvchilarini sotishdan bosh tortdi. Qoʻshma Shtatlar shuningdek, mudofaa-sanoat majmuasi rahbarlariga qarshi sanktsiyalar kiritdi.
S-400 majmualarini yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitim Turkiya va AQSH munosabatlarida tushunmovchilik yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Ayni vaqtda Rossiya va Turkiya oʻrtasida S-400ning ikkinchi partiyasini yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader