Siyosat

"Biz kuzatamiz, xolos, aralashmaymiz"- Lebedev Oʻzbekistondagi saylovlar haqida

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishIspolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev
Ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey lebedev Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarini kuzatish uchun yuborilgan MDH Ijroiya qoʻmitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.
SputnikUzbekistonga bergan intervyusida Lebedev Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarida kuzatuvchilar ishining muhim yoʻnalishlari, shuningdek, MDHning yangi chaqiriqlar va realliklarga moslashuvi haqida soʻzladi.
- Bugungi kunda MDH mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi darajasini qanday baholaysiz?
- Shuni taʼkidlashni istardimki, iqtisodiy hamkorlik har doim ham MDH mamlakatlari uchun ustuvor omil boʻlgan, shu bois ham Ijroiya qoʻmita eng yirik Iqtisodiy hamkorlik departamentiga egalik qiladi.
Aynan shu sabab ham MDH mamlakatlari hamkorligini muvofiqlashtiruvchi sanoat boʻlimlari aynan iqtisodiy muammolarga ixtisoslashgan - bu yerda gap transport, energetika, ekologiya, bojxona masalalari, mehnat migratsiyasi haqida bormoqda.
Predsedatel Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Siyosat
Sergey Lebedev Oʻzbekistonga keladigan MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qiladi
Afsuski, nafaqat MDHda, balki butun dunyoda siyosiy xarakterdagi mulohazalar baʼzida iqtisodiy munosabatlar, oʻzaro hamkorliklar rivojini sekinlashtiradi. Xalqaro iqtisodiy forumdagi nutqimda men savdo aloqalari va qoʻshnilar bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish hammasidan foydaliroq ekani haqida soʻzladim. Bu hayotiy zarurat, bu ancha arzon va ikkala tomon uchun ham foydali.
Shu fonda koʻplab harakatlar, masalan, Ukraina rahbariyati tomonidan MDH doirasida aloqalarni uzish boʻyicha qoʻllanilayotgan harakatlar, meni nazdimda, halokatlidir. Bu haqda ukrainalik ekspertlarning oʻzlari ham, Hamdoʻstlik mamlakatlaridagi mutaxassislar ham aytishmoqda. Buni – siyosiy fikrlar aql va pragmatizmdan ustun kelishiga misol sifatida koʻrsatish mumkin.
Molodoy chelovek na fone ukrainskogo flaga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Kolumnistlar
Ukraina: inqiroz yubileyi
Soʻngi besh yilda Oʻzbekiston MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni faollashtirish uchun ulkan qadamni tashladi. Bu Hamdoʻstlik mamlakatlaridagi boshqa hamkorlar tomonidan ham katta ishtiyoq bilan olqishlanmoqda. Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston davlatlaridan forumda ishtirok etish uchun vakillar Oʻzbekistonning qoʻshnilar bilan tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshganini eʼtirof etishdi.
Respublikaning qoʻshni Tojikiston bilan iki tomonlama munosabatlarida roʻy bergan ulkan oʻzgarishlarni ham qayd etib oʻtish muhim: boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlanishiga halal beruvchi siyosiy toʻsiqlar olib tashlandi, chegaraoldi bahslari tartibga solindi va albatta, transport aloqalari tiklandi.
Men prezidentlik vazifasini bajarishga kirishishi bilan Tojikiston va boshqa qoʻshnilar bilan munosabatlarni yaxshilash boʻyicha qadamlarni tashlagan Shavkat Mirziyoyevdan juda minnatdorman. Afsuski, baʼzi maishiy darajadagi muammolar hamon bor – biz ikki mamlakat aholisi oʻrtasidagi chegarada yuz beradigan toʻqnashuvlar haqida xabardormiz.
Ammo eng muhimi, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari toʻqnashuvlar kelib chiqmasligini, muammolar tinch yoʻl bilan hal etilishini, bahslar faqat kelishuv yoʻli bilan hal etilishini istaydi.
- Ijroiya qoʻmitasi tomonidan hozirda qabul qilinayotgan koʻplab hujjatlar 2030 yilgacha moʻljallangan. Ularni hayotga tatbiq etish, jumladan, Hamdoʻstlik mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan. Sizningcha, qaysi yoʻnalishlardagi harakatlarni faollashtirmoq kerak?
- Biz MDH maydonida ham uzoq xorijdagi davlatlar duch kelayotgan iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ammo bundan tashqari, bizga nisbatan sanktsiyalar joriy qilingan, ular, biz bilamizki, Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi qator davlatlarga nisbatan asossiz kiritilmoqda.
Albatta, bu oʻrinda sanktsiyalarning salbiy oqibatlarini yengish ustuvor vazifadir. MDH mamlakatlari bu iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib oʻtish uchun hamkorlikda qadam tashlamoqda.
Prodavets raskladыvayet tovar  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Rossiya
Putin MDH mamlakatlaridan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari importini koʻpaytirishni topshirdi
Muammoning yechimi oson – bu oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, uzoq xorijdan import qilinayotgan tovarlar oʻrnini MDH mamlakatlarida ishlab chiqariluvchi mahsulotlarga almashtirish. Bu ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun ham, ushbu mahsulotlar yetishmayotgan mamlakatlar uchun ham oʻzaro foydali.
Ustuvor yoʻnalishlardan biri – MDH mamlakatlarini energetika bilan taʼminlashdir. MDHning baʼzi mamlakatlarida energiya yetishmovchiligi, baʼzi davlatlarda esa ortib ketishi holatlari mavjud. Ayniqsa, bu Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun, jumladan, elektr energiyasining Rossiyadan Belarusga singari Oʻzbekistondan Tojikistonga berilishi dolzarb.
- Hozirda MDHda samaradorlikni oshirish haqida tez-tez gapirilmoqda. Siz bu jarayonni qanday tasavvur etasiz va Hamdoʻstlik mamlakatlari zamonaviy realliklarga, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat bilan bogʻliq yangi chaqiriqlarga qanday moslashmoqda?
- Biz doim oʻz faoliyatimiz, hamkorlik, aloqalarimizni takomillashtirish ustida ishlaymiz. Hamisha bir narsani taʼkidlayman: kimki zamon bilan hamqadam boʻlmas ekan, u omadsizlikka yuz tutishi muqarrar. Aynan shu bois 2016 yilda MDH mamlakatlari rahbarlari tomonidan Hamdoʻstlikni zamonaviy reallikka moslashuvi haqida qaror qabul qilingan edi.
Biz dunyo miqyosida, shuningdek, bizda, Hamdoʻstlik mamlakatlaridagi yangi vaziyatlarni hisobga olgan holda ishlash uchun qator choralar ishlab chiqqanmiz. Jumladan, hozirda raqamlashtirish, mamlakatni, iqtisodni va boshqa jarayonlarni boshqarishda yangi texnologiyalarni joriy etish ustida faol ishlamoqdamiz.
Bundan tashqari, 60dan oshiq tarmoqlarning faoliyati samaradorligini oshirishga harakat qilmoqdamiz, bu tarmoqlar hamkorlikning turli yoʻnalishlarini nazorat qiladi. Son bilan emas, uquv bilan harakat qilmoqdamiz. Qaysi bir oʻrinlarda bu tashkilotlar sonini qisqartirishga toʻgʻri keldi, ammo bu aslo ularni samaradorligi va faolligi susayishiga taʼsir koʻrsatgani yoʻq.
Shavkat Mirziyoyev vыstupil s videoobraщeniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Siyosat
Oʻzbekistonning bosh maqsadi, vaktsina siyosati va Afgʻoniston: Mirziyoyevning BMTdagi nutqi
Afgʻonistondagi vaziyat hushyor torttirdi. Birinchi oʻrinda, albatta, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlar sergak tortishdi.
MDHning boshqa davlatlari Hamdoʻstlikning janubiy chegaralaridagi vaziyatni barqarorlashtirishga faol bosh qoʻshishganiga oʻzingiz guvohsiz: KXSHT doirasida birgalikdagi oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi, shuningdek, uch taraflama – Tojikiston-Oʻzbekiston-Turkmaniston mashgʻulotlar Tojikiston hududida ham oʻtkazildi.
Bundan tashqari, Afgʻonistondagi ziddiyat va modaroli holat MDH mamlakatlariga taʼsir etmasligi toʻgʻrisida KXSHT doirasida va mamlakatlarimiz rahbarlari tomonidan siyosiy bayonotlar berildi. Markaziy Osiyo mamlaktalarida tinchlik va barqarorlik saqlanishiga katta umid bildiramiz.
- Siz Oʻzbekistonda kutilayotgan tprezidentlik saylovlarida MDH Ijroiya qoʻmitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqdasiz. Ushbu missiya ishidagi ustuvor vazifa nimadan iborat?
- Hamdoʻstlikka aʼzo barcha mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham, saylovlarni kuzatishda biz tayanadigan eng asosiy mezon – bu mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik va boʻlib turgan mamlakat qonunlariga qatʼiy amal qilish. Birinchi galda saylov qonunlariga rioya etish.
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
Biz kuzatamiz, ammo aralashmaymiz. Agar qaysidir oʻrinlarda qonun buzilishlariga guvoh boʻlsak va tanbeh uchun asos paydo boʻlsa, biz, gʻarblik sheriklarimiz singari mamlakatda demokratiya yoʻqligi haqida bong urmaymiz va buni saylovdan keyinga qoldirmaymiz.
Muhim jihati – MDH mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan kuzatuvchilar doʻst, qoʻshni sifatida va yaxshi niyatlarda kelishadi. Bizning maqsadimiz saylovda kamchiliklar topish emas, balki uni oʻtkazishga koʻmaklashish. Bu aslo aralashish emas, balki doʻstona maslahatlar. Bizni tinglashadi va tashakkur bildirishadi.
MDH mamlakatdlarida saylovlar demokratiya tamoyillari asosida, erkin oʻtkazilishi, eng muhimi ular orqali fuqarolarning erkin xohish-istaklari izhor etilishidan manfaatdormiz.
Ushbu vaziyatda bizning vazifamiz oʻzbek doʻstlarimizga saylovni xotirjam va munosib oʻtkazishda koʻmaklashish. Istagimiz – prezidentlik lavozimiga munosib nomzod saylansin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala