Hodisalar

DXX 16 fevral voqealariga aloqador terrorchini qoʻlga oldi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
1999 yilda amalga oshirilgan qoʻporuvchilik harakatlarida ishtirok etgan shaxs 22 yil oʻtib qoʻlga olindi va Toshkentga olib kelindi.
TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Davlat xavfsizlik xodimlari (DXX) tomonidan “Turkiston islom harakati” (TIH) xalqaro terrorchilik tashkiloti aʼzosi, Oʻzbekiston hududida oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etgan YU.J. xorijda qoʻlga olindi. 23 yildan buyon qidiruvda boʻlgan fuqaro Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda OʻzA DXX matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
© UzAChlen mejdunarodnoy organizatsii "Islamskoye dvijeniye Turkestana" YU.J., naxodivshiysya 23 goda v rozыske za soversheniye tyajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan.
Chlen mejdunarodnoy organizatsii Islamskoye dvijeniye Turkestana YU.J., naxodivshiysya 23 goda v rozыske za soversheniye tyajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Chlen mejdunarodnoy organizatsii "Islamskoye dvijeniye Turkestana" YU.J., naxodivshiysya 23 goda v rozыske za soversheniye tyajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan.
Maʼlum qilinishicha, 1969 yil Toshkent viloyatida tugʻilgan ushbu shaxs 1998 yilning boshlarida Chechenistonga borib, iordaniyalik Amir Xattob tomonidan tashkil qilingan jangarilar lagerida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va oʻsha yilning oxirlarida Afgʻonistondagi TIH xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilgan.
Maʼlumotga koʻra, 1999 yilning yanvar oyida tashkilot yetakchilarining koʻrsatmasi bilan u aylanma yoʻllar orqali Toshkent shahriga kelib, badavlat odamlarning uylarida bosqinchiliklarni amalga oshirgan. Ularning pul va qimmatbaho buyumlarini oʻzlashtirib, Afgʻonistondagi TIH yetakchilariga yuborgan.

Mazkur shaxs 1999 yil 16 fevral va 2004 yil 30 mart kunlari Toshkent shahrida amalga oshirilgan qoʻporuvchilik harakatlarida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 1998—2006 yillarda xorijiy davlatlardagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnashgan.
Hozirda YU.J.ga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
1999 yil 16 fevralda Toshkentda, shu jumladan, Mustaqillik maydonidagi hukumat binosi yaqinida bir qator kuchli portlashlar sodir boʻlgan edi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 13 kishi halok boʻlgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.
V naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Hodisalar
Toshkentda oʻn nafar “Hizb ut-Tahrir”* aʼzolari qoʻlga olindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader