Nima sababdan Putin va Erdog‘an bir-biri uchun kerak

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdog‘anning 3 soat davom etgan rasmiy uchrashuvining muhimlilik jihati shunda ediki, bunday hodisa bir yarim yildan beri ro‘y bermayotganligi sabab bo‘lishi mumkin.
Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdog‘anning 3 soat davom etgan rasmiy uchrashuvining muhimlilik jihati shunda ediki, bunday hodisa bir yarim yildan beri ro‘y bermayotganligi sabab bo‘lishi mumkin. Rossiya-Turkiya munosabatlari shunday turkumga kiradiki, u hattoki hamkor bo‘lmagan davlatlar uchun ham alohida ahamtiyatga egadir.
Bundan oldinroq, ikki prezidentning uchrashuvlari xuddi bir boshqa dunyoda sodir bo‘lganday – xususan, o‘tgan yilning mart oyida butun dunyo koronavirus pandemiyasi kulfatiga cho‘mg‘igan paytga to‘g‘ri kelgan. Albatta, karantin cheklovlari bu aloqalarning uzilishiga sabab bo‘la olmadi: Putin va Erdog‘anning telefon orqali muloqot suhbatlari umumiy soni 22 marotabaga yetdi (ular boshqa hech kim bilan shunchalik ko‘p musohaba qilishmaydi).
Pri vsex atributax protivovirusnoy oboroni: ucheniya raschetov ZRK S-300 v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
"AQShni o‘zi shunga majbur qildi": Erdog‘an Turkiya nega RFdan S-400larni sotib olgani haqida
Ammo Putin kuni kecha Sochida bu haqida so‘z yuritar ekan, ikki tomonlama munosabatlarda mavzular yetarlicha ko‘p ekanligini va telefon orqali ko‘p narsalarni muhokama qilib bo‘lmasligiga urg‘u berdi.
Chunki yildan-yilga yechimini kutayotgan masalalar kengayib borayotganligi sabab, uchrashuvlarga bir tomonlama odiiy tusdagi “hamkorlik” yoki “nizo” hal qiladigan tamg‘ani qo‘ymaslik kerak. Odatda birinchisiga, hamkorlik deganda, AES qurilishidan boshlanib, C-400 kompleksi-yu, “Turk oqimi” gaz quvurilari va turizmga oid masalalar kirsa. Ikkinchisiga, mintaqaviy ziddiyatlar hisoblanadi – bu Suriyadan tortib to Liviyagacha, endi bu qatorni Tog‘li Qorabog‘ ham kengaytirdi.
Ikki tomonlama o‘zaro loyihalarda hammasi juda soz bo‘lsa, Yer sayyorasidagi qarama-qarshiliklar juda bir tang ahvolda turibdi.
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Rossiya va Turkiya murosaga kelishni o‘rganib olishdi - Putin
Aytish joizki 18-yildan beri Turkiyaga bosh bo‘lib mamlakatning dunyoda o‘z qarashlarini ilgari olg‘a surib kelayotgan Erdog‘an (zamon hamda vaziyatni inobatga olgan holda) panturkizm, neousmonchilik, panislomchilik targ‘ibotlarini qo‘llab, – milliy, imperiyachilik va diniy omillardan mohiron foydalanmoqda. Turkiyaning ekspansiyasi Rossiyadagi ba’zi insonlarni tahlikaga solib qo‘ydi: turklar bostirib kelishmoqda, shu jumladan bizning milliy manfaatdorlik mintaqalarimizda ham, biz esa hech narsa qarshi qo‘ya olmayapmiz, taslim bo‘lib ortga tomon chekinmoqdamiz! Turklar yutug‘da, biz esa mag‘lubiyatda! Ayniqsa buni o‘tgan yilgi Ozarbayjon-Armaniston o‘rtasidagi yuz bergan urushdan so‘ng yaqqol ko‘rish mumkin edi, ko‘pchilik buni Rossiyani mag‘lubiyati deb, Turkiyani Kavkazorti hududining istilosi sifatida qabul qildi.
Aslida Qorabog‘dagi armanlar va ozarbayjonlar o‘rtasidagi tutashuv chizig‘idagi ziddiyatlarni Rossiya nazorat olib boradi – turklarning ishtiroki esa shunchaki ramziy qabul qilinadi.
Situatsiya u aeroporta Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Turkiya Eron bilan chegarada beton devor qurmoqda
Biroq, Turkiyada Rossiya bilan munosabatlarning asosiy muammosi deb Suriyani ko‘rsatishadi, axir – Idlib viloyati va Qurdlar istiqomat qiladigan mintaqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Turkiya chegarasi oldida joylashgan, bu esa milliy xavfsizlik masalasi bilan bog‘liq.
Garchi, Rossiya, u yerdagi Turkiya manfaatlari bilan hisoblashsa-da, ikkinchi tomondan Suriya davlatini to‘liq tiklanishiga va butun Suriya hududlarini Bashar Asad nazoratiga qaytarishga qat’iy qaror qilgan.
Ushbu masalada hozircha hech qanday yechim yo‘llari yo‘q – bu birinchi navbatda Idlib muammosidir. Uni ustiga “Qurdlar masalasi”ni yechimini og‘irlashtiruvchi sabablardan biri bu Suriyada amerikaliklar hamon bo‘lib turgani ushbu vaziyatni oldinga siljishini murakkablatshtirmoqda.
Navodneniya na severe Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
Lekin ular ertami-kechmi chiqib ketishadi (vaxtliroq tark etishlarida Moskva va Anqara manfaatdor) Ammo Rossiya va Turkiya har qanday holatda ham Suriyada ishlashni davom etishadi (Erdog‘an fikricha, Suriyadagi tinchlik Rossiya-Turkiya munosabatlariga bog‘liqdir) bunga qo‘shimcha qilib aytganda urushdan keyingi mamlakatning qayta tiklanish jarayoni ham).
Agar ular buni birgalikda qila olmasalar, bir-biriga qarshi bo‘lmasliklari hamma uchun maqbuldir.
Shu bilan rossiya-turkiyaning tashqi siyosatidagi mavzulari Suriya va Tog‘li Qorabog‘ bilan yakuniga yetmaydi: endilikda yangi Afg‘oniston muammosi ham qo‘shildi. Yaqin kunlarda Liviyada saylovlar bo‘lib o‘tadi, har xil o‘yinchilarga ishonch bildirdik, lekin ayni paytda u yerdagi ixtiloflar yakunlanishiga hamda Liviya davlatchiligini tiklashdan birdek manfaatdormiz. Chunki Liviyani tiklash uchun Rossiya va Turkiyani yordami kerak bo‘lishi muqarrar. Davlatlarmiz har doim Tripolini eng yaqin do‘stlari qatori bo‘lishgan. U yerda umuman olganda bo‘ladigan narsani o‘zi yo‘q (zakazlar hamma uchun yetadi). Aksincha, G‘arb qo‘li bilan vayron qilingan Liviyaning qayta tiklash yana o‘sha foyda olish ijinjida bo‘lgan G‘arbning ta’siri ostida qolmasligini ta’minash bizning umumiy manfaatlarimizdir.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan (sleva) vo vremya press-podxoda po itogam rossiysko-tureskix peregovorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
"Katta surpriz bo‘lishi mumkin": Erdo‘g‘on va Putin uchrashuvidan nimalar kutilmoqda
Ochig‘ini aytganda, G‘arbni bunday chiqarib tashlash (nafaqat Katta Yaqin Sharqdan) Rossiya-Turkiya o‘zaro bog‘lanishi uchun muhim sababchisidir.
Hattoki bu ko‘proq qarama-qarshilikka o‘xshagani bilan, Putin va Erdog‘an o‘zaro murosaga kelmaganda ham, Ular kelishmovchiliklarni yumshata olishadi. Ha, Turkiya NATO a’zosi bo‘lib qolmoqda, lekin uning AQSh va Yevropa bilan ziddiyatlari faqat o‘sib bormoqda buni esa o‘zgartirishni ilojisi yo‘q.
To‘g‘ri, G‘arbning davlat rahbarlari bilan ishonch bildiradigan aloqalari yo‘q Erdo‘g‘onning: buni isboti tariqasida Turkiya prezidentining yaqinda BMT Bosh assambleyasiga tashrifi chog‘ida AQSh rasmiylari Bayden bilan uchrashuvga ruxsat etishmaganidan o‘z tasdig‘ini topadi.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Putin Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining chiqarilishini qoraladi
Albatta, anglosaksonlar odatdagiday ayyor yo‘lni tanlamoqchi bo‘lib, rossiya-turkiya qarama-qarshiligi yuzaga keltirishga urinish qilishmoqda, Putinni Erdog‘anga qarshi g‘ijgijlashmoqda. Lekin 18-yillik munosobatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ular chetdagi manipulyatsiyalarga berilmasdan, mamlakat manfaatlarini to‘g‘ri talqin qilib, o‘zaro kelib chiqadigan ziddiyatlarni mulohaza yo‘li bilan yechimini topishapti. Chunki ikkalasi ham ancha barvaqt o‘zlarining geosiyosiy tafakkuridan va siyosatidan G‘arbni quvib chiqarganlar – bunda faqat o‘z xalqlarining milliy manfaatlarini tushunishib qarorlar qabul qilishdi.
Ha, Turkiyaning tashqi siyosat uslubi ruslarnikidan farq qiladi, shuning uchun Erdog‘anning Qrim haqidagi barcha ochiq bayonotlari misol bo‘la oladi – lekin bularni hammasi ikki mamlakat o‘rtasida strategik munosabatlar o‘rnatishga g‘ov bo‘la olmaydi.
Bizni G‘arbga nisbatan qandaydir nafrat, uning zaiflashuvidan foydalanish istagi emas, balki o‘z muammolarimizni (shu jumladan, ichki va tashqi muammolarni) boshqalarning aralashuvisiz o‘zimiz hal qila olishimiz birlashtiradi. Va xuddi shu tarzda o‘rtamizda yuzaga keladigan muammolarni o‘zaro hamkorlik orqali hal qila olamiz.
Yangiliklar lentasi
0