Migratsiya

Nolegal migrantlarni 30 sentyabrdan soʻng nima kutmoqda?

© Pexels / PixabaySiluetы mujchin
Siluetы mujchin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Rossiyada migrantlarning mamlakatdagi holatini qonuniylashtirish uchun berilgan muddat tugamoqda.
TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Mamlakatda qonuniy boʻlib turgan migrantlar “xotirjam ishlashlari mumkin”, deya taʼkidlandi Rossiya ichki ishlar vazirligida.
Rossiyada migrantlarning mamlakatdagi holatini qonuniylashtirish uchun berilgan muhlat tugamoqda.
Chet elliklar berilgan muhlatda qonuniy holatlarini rasmiylashtirmasa, ularga deportatsiya yoki boshqa maʼmuriy choralar qoʻllaniladi.

30 sentyabrdan soʻng noqonuniy boʻlib turgan fuqarolarga nisbatan Federal qonunning 115 normasi qoʻllanadi, unga koʻra, ichki ishlar xodimlari RF hududidan chiqarib yuborishgacha boʻlgan maʼmuriy harakatlarni qoʻllashlari mumkin

Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik Oʻzbekiston
Valentina Kazakova
RF Ichki ishlar vazirligi migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarma boshligʻi
Bosh boshqarma boshligʻi, maxsus reydlar oʻtkaziladimi, degan savolga politsiya har kuni tekshiruv, shu jumladan nolegallarni aniqlashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishi haqida javob berdi.
Kazakovaning aytishicha, Rossiya hududida 30 sentyabrgacha qonuniy boʻlib turgan fuqarolar uchun hech narsa oʻzgarmaydi.
Bosh boshqarma boshligʻi legal migrantlar “xotirjam ishlashlari mumkinligi” va hech narsadan xavotir olmasliklarini taʼkidladi.
Avvalroq Ichki ishlar vazirligi Rossiyada nolegallar soni kamayganini eʼlon qilgandi. Qayd etilishicha, Rossiyada noqonuniy boʻlib turgan 1 million chet el fuqarolari oʻz maqomlarini qonuniylashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala