Dunyoda

OAV: AQSH Oʻzbekiston bilan harbiy obʼyektlardan foydalanish borasida muzokara olib bormoqda

© AFP / SAUL LOEBZdaniye Pentagona
Zdaniye Pentagona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Pentagon rahbariyati ayrim Markaziy Osiyo mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda Afgʻonistondagi terrorchilikka qarshi amaliyot uchun vositalarini joylashtirish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. AQSH hukumati Afgʻoniston bilan chegaradosh mamlakatlar bilan ularning harbiy obʼyektlari, jumladan, Rossiya bazalaridan terrorchilikka qarshi amaliyot oʻtkazish uchun foydalanish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Politico” oʻz manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
29 sentyabr kuni Pentagon rahbariyati ishtirokida eshituvlarning yopiq qismi boʻlib oʻtgan.
Bu yopiq majlisda qatnashgan senatorlarga tayanib xabar qilayotgan nashr maʼlumotlariga koʻra, Pentagon vakillari muzokaralar Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va boshqa mamlakatlar hukumatlari bilan olib borilayotganini maʼlum qilishgan.
Gap bu mamlakatlarga amerikaliklar tomonidan tashlab ketilgan Afgʻonistonda terrorchilikka qarshi amaliyotlar uchun “ufq ortidagi” vositalarni joylashtirish haqida bormoqda.
“Bu obʼyektlar bu mamlakatlarda Rossiya tomonidan foydalanilayotgan bazalarni ham oʻz ichiga olishi mumkin”, - deyilgan xabarda.
Boyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Dunyoda
AQSH Mudofaa vazirligi “Al-Qoida”* hujumi tahdidini tan oldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala