Jamiyat

Oʻzbekistonda 10 dan ziyod bukmekerlik saytlari bloklandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Oʻtgan davr mobaynida agentlik AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni cheklagan.
TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik xizmatlarini koʻrsatuvchi veb-saytlari bloklandi. Bu haqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, oʻtgan davr mobaynida agentlik AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni cheklagan. Bu sohadagi ishlar davom etmoqda.
Agentlik Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyati noqonuniy hisoblanishini eslatgan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 191-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar), shuningdek, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)ga binoan bu turdagi faoliyat hali ham noqonuniy hisoblanadi.
Bolelщiki na stadione Shardja - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2019
Sport
Oʻzbekistonda 2021 yildan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi
Qayd etish joizki, prezident farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab futbolning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Oʻzbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biror-bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga litsenziya berilmaganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader