O‘zbekistonda bola asrab olish bilan bog‘liq cheklovlar soddalashtirilmoqda

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishRoditeli s rebenkom
Roditeli s rebenkom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
Endilikda ijtimoiy ahamiyati katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan hamda farzandlikka olishga to‘sqinlik qilmaydigan jinoyat turlarini sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga nisbatan farzandlikka va vasiylikka olish imkoniyati yaratilyapti.
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. O‘zbekistonda Oila kodeksi hamda "Vasiylik va homiylik to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Senatning 19-yalpi majlisida mazkur qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.
O‘zbekistonda 2017 yilda 4 ming nafar bola sud tartibida farzandlikka olingan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 4,1 mingtani, 2019-yilda esa 4,3 mingtani tashkil etgan.
"Bugunga kelib farzandlikka olish istagida navbatda turganlarning soni farzandlikka olganlarga nisbatan ancha yuqoriligicha qolmoqda. Oqibatda noqonuniy yo‘llar bilan farzand asrab olish, shu jumladan, bola savdosi bilan bog‘liq holatlar uchramoqda", - deyiladi Senat xabarida.
Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi
Shu bois "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida farzandlikka olish amaliyotini o‘rganish va bu bo‘yicha huquqiy asoslarni qayta ko‘rib chiqish belgilangan edi.
Farzandlikka olish borasidagi ishlar tahlili hamda qonunchilikda mavjud tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqildi.
Endilikda qonun bilan ijtimoiy ahamiyati katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan hamda farzandlikka olishga to‘sqinlik qilmaydigan jinoyat turlarini sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga nisbatan farzandlikka va vasiylikka olish imkoniyati yaratilyapti.
Bolaning eng ustuvor manfaatlarini hisobga olgan holda, farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0