Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda.

Davlat aktivlarini sotish tezlashtirilmoqda - Ortiqov

© Xayatt Ridjensi TashkentGostinitsa Hyatt Regency Tashkent
Gostinitsa Hyatt Regency Tashkent  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Oʻzbekiston korxonalardagi davlat ulushining 80% bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.
TOSHKENT 30 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda prezident qaroriga asosan davlat davlat aktivlarini sotish tezlashtirilmoqda. Bu haqida Toshkentda boʻlib oʻtayotgan iqtisodiy forum doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov xabar qildi. Sputnik muxbiriga asosan.

"Joriy yilda Agentlik 600 dan ortiq davlat aktivlarini 4 trillion soʻmdan koʻproqqa sotgan. Solishtirish uchun aytadigan boʻlsak, undan oldingi toʻrt yilda Hukumat jami 1,6 trillion soʻmlik aktivlarni xususiylashtirgan", - dedi Ortiqov.

Davaktiv rahbarining soʻzlariga koʻra, yil oxiriga qadar “Poytaxt” biznes markazi, “Malika” savdo majmuasi ham sotuvga qoʻyiladi, ularning aktivlari 600 million dollardan koʻproqqa baholanmoqda.
Shuningdek, “Oʻzagroeksportbank”, “Poytxat bank”, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi”, “Kvarts”, “Trest-12” kabi moliya va ishlab chiqarish obʼyektlari hamda respublikaning eng yirik spirtli ichimliklar korxonasi hisoblanadigan “Toshkent vino”dagi davlat ulushlari ham sotiladi.
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Xususiylashtirish borasida Oʻzbekiston haliyam orqada - XMK
Undan tashqari, xususiylashtirish jarayonlarining ikkinchi bosqichida 12 ta davlat korxonasi sotuvga qoʻyiladi. Ular orasida “Hyatt Regency Tashkent”, “Matbuotchilar uyi” hamda kichik sanoat hududlaridagi qurilish majmualari bor. Shuningdek, “Sergeli” va “Bektemir” kichik sanoat hududlaridagi bino va inshootlar, “Qoʻqon biokimyo” kabi yirik spirt zavodlari, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stantsiyalari” hamda “Oʻzbekgidroenergo” hissadorlik jamiyatlari ham bor.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytida kelitirilgan statistik maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda 1718ta DUK, 990 ta MCHJ va 257ta AJ toʻliq yoki qisman davlatga tegishlidir. Prezident farmoniga muvofiq ushbu korxonalardagi davlat ulushining 80% bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala