Migratsiya

“Pul ishlab ketishadi”: Moskva migrantlar haqidagi afsonalarga qarshi kurashadi

© Pexels / PixabaySiluetы mujchin na fone zakata
Siluetы mujchin na fone zakata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Rossiya jamoatchilik palatasi migrantlar haqidagi beshta asosiy stereotipni muhokama qildi. Ular har bir qolip bilan rasmiy darajada kurashishni niyat qilishgan.
TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Moskvada migratlarning bot-bot janjallashishi ham aholi, ham Rossiya poytaxti hukumatining xavotiriga sabab boʻlmoqda. Moskva milliy siyosati va hududlararo aloqalari departamenti rahbari Vitaliy Suchkov 29 sentyabr kuni Rossiya Jamoatchilik palatasida boʻlib oʻtgan “Moskva – hamjihatlik hududi” anjumanida shunday bayonot bilan chiqish qildi.
“Bizga jamoatchilik tashkilotlari va milliy-madaniy avtonomiyalarning migrantlar bilan ishlash yondashuvini qayta koʻrib chiqish muhim”, - dedi Suchkov va jamoatchilar birgalikda migrantlar haqidagi salbiy stereotiplarga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqishlari kerakligini qoʻshimcha qildi.
Natijada anjuman spikerlari migrantlar haqidagi 5 ta asosiy afsonani sanab oʻtishdi. Ular qaysilar ekani – Sputnik materialida.

Afsona №1: migrantlar – bu faqat past malakali kishilar

OAVda migrantlar haqida gap ketganda, asosan ishchilarga eʼtibor qaratishadi, deya mulohazalarini bayon etadi Rossiya IIV huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi, professor Vladimir Volox.
Smartfon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Rossiya
Rossiyada migrantlarga ish topishda yordam beradigan mobil ilova ishga tushiriladi
“Bu esa keng toifa – davlatlararo migratsiya bor, tebranuvchi migratsiyani oʻz ichiga oladigan davlat ichidagi migratsiya bor. Yaʼni agar bir kishi Lyubertsidan Moskvaga kelib, kechqurun qaytsa, u ham migrant, faqat tebranuvchi”, - deydi Volox.
Shuningdek, oʻqish migratsiyasi (Rossiyaga taʼlim olishga keluvchilar) yoki sport migratsiyasi (musobaqalarning xorijiy qatnashchilari) mavjud. Shu bois ayrim OAVlar migrantlar haqida salbiy ruhda past malakali kishilar sifatida gapirishi – bu xato, deydi ekspert.
“Qolaversa, biz Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan tadqiqot oʻtkazdik – bugungi kunda dunyodagi hech bir mamlakat mehnat migrantlaridan voz kecholmaydi. Biroq Rossiya holatida ular Rossiya iqtisodiyotiga zarur boʻlgan hudud va tashkilotlarga kelishlari muhim. Migrantlarni tashkillashtirib saralab olishga oʻtish – bu toʻgʻri yoʻnalish”, - dedi Volox.

Afsona №2: hamma jinoyatlar migrantlar tufayli

Bu stereotip tarqalishida ham “vijdonsiz OAVlar va unchalik sofdil boʻlmagan davlat arboblari” aybdorlar, deya taʼkidlaydi Volox.
Eʼtiborni salbiy oqibatlarga qaratishadi. Nima sababdan hech kim pandemiyaga qadar Rossiyada boʻlgan raqamlarni eslamaydi? Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mamlakatdagi umumiy jinoyatlar sonining 2 foizigachasini sodir etishadi. Albatta, hatto agar jinoyat sodir etilgan boʻlsa, u eʼtiborsiz qolmasligi shart. Lekin vaziyatdan fojia yacash yaramaydi”, - dedi ekspert.
Politseyskiy reyd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Migratsiya
Rossiyada migrantlar oʻrtasidagi mojarolar tufayli jarimalarni oshirishni taklif etishdi
Muammo shundaki, moskvaliklar oʻz shahrining koʻp millatligi haqidagi maʼlumotlarni muntazam olib turishmaydi, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashi aʼzosi, etnikaro jurnalistika gildiyasi rahbari Margarita Lyange.
Uning soʻzlariga koʻra, bu muammo “epizodli xususiyatga ega”, shuning uchun ham moskvaliklarning, ham migrantlarning oʻzaro munosabatlarni idrok qilish muammolari bor”.
“Sovet davrida tugʻilganlarga bogʻchadyoq xalqlar doʻstligi nimaligi va u qanday muhimligi haqida soʻzlab berishardi, yoshlar esa buni bilishmaydi. Moskva eng badavlat etnik hayot bilan yashayotganini bilishmaydi, madaniyatlarimiz oʻrtasidagi oʻxshashlikni koʻrishmaydi. Shundan begonalardan qoʻrqish hissi yuzaga keladi”, - deydi Lyange.

Afsona №3: vatandoshlar uyushmasi oqsoqollari janjallarni toʻxtatishadi

Hukumat vakillari migrantlar janjallari haqida eshitishganda birinchi boʻlib milliy uyushmalar rahbarlariga murojaat qilishadi. Nega? Chunki koʻpchilik biladiki, Sharqda kattalarni hurmat qilish birinchi oʻrinda turadi, deya tushuntiradi Lyange.
Onlayn-konferentsiya v preddverii Kurban-bayrama v ramkax proyekta Religiya i mirovozzreniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Migratsiya
Bir kishining jinoyati butun xalq va dinga yomon munosabatda boʻlishga bahona emas – imom
Ammo voqelikda hech bir etnik-madaniy birlashma shunga oʻxshash muammolarni hal eta olmaydi.
“Moskvada “katta-kichik” jiddiy iyerarxiyasi yoʻq. Bu yerga kelganlar ham aralashib ketishni xohlashadi. Ular oqsoqollarga ishi tushishini istashmaydi, ayrim yoshlar vakillari uchun esa obroʻ-eʼtibor yoʻq”, - deya qoʻshimcha qiladi ekspert.
Boz ustiga, agar uyushmalar ichida fikr bildiruvchi liderlar boʻlsa ham, ular birlashma ichidagi muammolar haqida omma oldida gapirishi dargumon. Masalan, migrantlar vatanida roʻy berayotgan millatlararo yoki hududiy janjallarni Rossiyaga olib kelayotgani haqida.
“Joriy yil iyul oyida etnik jurnalistika gildiyasi norasmiy jurnalist-migrantlar uyushmasini tashkil etdi. Ular Moskvadagi vatandoshlarining moslashishiga yordam beradigan loyihalar haqidagi maʼlumotlarni yetkazishlari mumkin edi, - deydi Lyange. – Biz monitoring oʻtkazdik, guruhlar vakillari bilan muloqot qildik, va ular migrantlar muammolarini olib eshittirishga tayyor emaslar.
“Biz haqimizda shundoq ham koʻp yomon gapirishadi, agar muammolarni aytsak, buni mustahkamlaymiz, xolos”, - mana bu javob. Demak, bunday narsalarni (janjal sabablari – tahr.) qutilish uchun yoritish kerak, qiladigan odamning esa oʻzi yoʻq. Ammo tushunish muhimki: milliy birlashmalar ziyolilar tomonidan odamlarni Rossiya jamiyatiga integratsiya qilish uchun emas, balki aynan oʻz madaniyatini qoʻllab-quvvatlash uchun tuzilgan, deydi Margarita Lyange. “Shu bois notijoriy tashkilotlar – bu haddan ziyod baholangan resurs”, - deb hisoblaydi u.

Afsona №4: migrantlar shunchaki mamlakatdan pullarni olib chiqib ketishadi

Bugungi kunda migratsiya mavzusi Rossiya jamiyatida ixtilofni keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi Rossiya Jamoatchilik palatasining millatlararo va dinlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish komissiyasi rahbari Vladimir Zorin.
Uning soʻzlariga koʻra, bu ixtilofni yaqindagi boʻlib oʻtgan Rosssiya Dumasiga saylovlar koʻrsatdi – kimdir migrantlarni qoʻllash kerak deb hisoblaydi, kimdir esa xorijiy ishchilar Rossiyada ishlab topgan barcha pullarini vataniga joʻnatadi deydi.
Vыstupleniye mera Moskvы Sergeya Sobyanina na Krasnoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Migratsiya
Migrantlar yoʻqligi inflyatsiyani oshirmoqda – Sobyanin
“Bu yutuqli mavzu-ku – “Hamma joyni bosib ketishdi”, - deydi Zorin. – Aytishadiki, oʻzlari ishlab mamlakatni shilib ketishadi. Aslida esa Rosssiya Federatsiyasidagi yalpi ichki mahsulotning 8-9 foizi migrantlar mehnati bilan yaratiladi. Davlat esa buni (migrantlar muhimligini – tahr.) tushunadi, Rossiyaning milliy siyosati uch jihatni oʻz ichiga oladi – millatlararo munosabatlar, davlat-diniy munosabatlari va migratsiya”.

Afsona №5: migrantlar Rossiyaga faqat muammo tugʻdirishadi

Vladimir Zorin soʻzlariga koʻra, 2021 yilda Rossiyaning ayrim mintaqalarida migrantlarga boʻlgan salbiy munosabat 40-60 foizga yetgan. Bu raqamlarni Vitaliy Suchkov tushuntirishga urinadi: odamlar xorijiy ishchilarni muammolar manbai deb hisoblashadi, ammo, uning fikriga koʻra, har qanday muammoni boshlanishidanoq hal qilsa boʻladi.
Agar migrantlar ijobiy munosabatni koʻrsa, Moskva hukumatining ular bilan ishlashi osonroq boʻlishiga Suchkovning ishonchi komil. “Migrantlar hayotini roʻi-rost yoritish zarur, lekin ijobiylarini ham xohlaymiz, ular esa bor, - deydi u. Masalan, Moskvadagi hududlardan biri eng yaxshi koʻcha supuruvchi tanlovini oʻtkazdi. Bilasizmi, gʻoliblar velosiped olishganiga qaramasdan, aholi oʻz koʻcha supuruvchilari uchun qanday kurashishdi? Hamjihatlik boʻlgandi. Biz esa bu hamjihatlik haqida gapirishga uyalamiz”.
Sotrudniki protivopojarnoy slujbы MCHS RF vo vremya tusheniya pojara v pansionate dlya pojilыx lyudey v Moskve. Po dannыm ekstrennыx slujb pri pojare pogibli chetыre cheloveka i shestnadtsat chelovek postradali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2020
Hodisalar
Qariyalarni yongʻindan qutqargan oʻzbek migrantlari: medal emas, ish bering
Afsuski, migrantlarning oʻzi ham baʼzan oʻzlarining yaxshi ishlari haqida baralla gapirishga tortinishadi, deydi Suchkov. “Bir yil avval ijtimoiy tarmoqda yoʻlda mashina yonib ketgani haqidagi xabarni koʻrib qoldim, - deya hikoya qiladi u. – Uning yonidan migrantlar oilasi oʻtib ketayotgandi, oila boshligʻi toʻxtab, odamlarni qutqardi. Men bu oilaga shaxsan minnatdorchilik bildirishni xohladim, ularni qidirdik, lekin topolmadik. Bu misol barcha odamlar bir xil ekanini koʻrsatadi. Biz migrantlar shahrimizga qanchalik oʻz hissalarini qoʻshayotganlarini koʻryapmiz. Bu haqda gapirsak, mahalliy aholi ularni boshqacha qabul qilishadi”.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala