Jamiyat

Rossiya 500 nafar qidiruvda boʻlgan shaxslarni Oʻzbekistonga topshirdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovV naruchnikax
V naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxslar borasida Oʻzbekistondan Rossiyaga 670ta soʻrov kelib tushgan, Rossiyadan Oʻzbekistonga boʻlsa - 200ga yaqin
TOSHKENT, 30 sen - Sputnik. Oxirgi uch yil ichida Rossiya Federatsiyasi huquq -tartibot idoralari respublikada qidiruvda boʻlgan 500 ga yaqin kishini Oʻzbekistonga topshirdi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatulla Yoʻldoshev maʼlum qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Oxirgi uch yil mobaynida Rossiya vakolatli organlariga jinoiy ishlar boʻyicha 60 dan ortiq yuridik yordam soʻralgan, shuningdek, Oʻzbekistonda jinoyat sodir etganligi uchun qidirilayotgan shaxslarni ekstraditsiya qilish boʻyicha 670 ga yaqin soʻrov yuborilgan. Natijada 500 ga yaqin shunday shaxslar Oʻzbekistonga olib kelingan", - dedi bosh prokuror. Shuningdek, Rossiya Oʻzbekistonga 200 ga yaqin soʻrov yuborgan.
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida Rossiya tajribasini oʻrganish va qabul qilishni rejalashtirmoqda.
"Jinoyat ishlari boʻyicha yuridik yordam koʻrsatish, qochib yurgan jinoyatchilarni aniqlash hamda jazoning muqarrarligi taʼminlash - jinoyatchilikka qarshi kurashning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan, biz Rossiya tajribasini oʻrganishga qiziqmoqdamiz" - dedi Yoʻldoshev.
Uchrashuv yakunida Yoʻldoshev va Krasnov ikki mamlakat nazorat organlari oʻrtasida 2021-2023 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar. Ushbu hujjat "transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda umumiy saʼy-harakatlarning samaradorligini oshirish hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan", - deb taʼkidladi Rossiya tomoni.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala