Rossiya

Rossiya Dushanbe va Kobul oʻrtasida kuchayayotgan keskinlikdan xavotir bildirmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishZdaniye Ministerstva inostrannыx del RF
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Ikki tomon qoʻshinlarining tojik-afgʻon chegarasiga tortib kelinayotgan haqidagi xabarlar Moskvaning xavotiriga sabab boʻlmoqda.
TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Moskva Tojikiston va Afgʻoniston qurolli kuchlarining umumiy chegaraga tortib kelinayotgani haqidagi xabarlarni qayd etmoqda. Bu haqda Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti direktori oʻrinbosari Aleksey Zaytsev maʼlum qildi.
“Ikki mamlakat yetakchilarining ikki tomonlama keskin bayonotlari ortidan afgʻon-tojik munosabatlarida keskinlik oʻsayotganini xavotir bilan kuzatyapmiz”, - dedi Zaytsev.
U ikki tomon qoʻshinlarining tojik-afgʻon chegarasiga tortib kelinayotgan haqidagi xabarlar Moskvaning xavotiriga sabab boʻlayotganini qoʻshimcha qildi.
“Dushanbe va Kobulni yuzaga kelgan vaziyatni tartibga solishning oʻzaro maʼqul boʻladigan yoʻllarini izlashga chaqiramiz”, - dedi Rossiya TIV vakili. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afgʻonistondagi hukumatni egallab olgan “Tolibon”* radikal harakati Tojikiston bilan chegaradagi Taxor viloyatiga minglab maxsus xizmat jangchilarini yuborgan edi.
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Siyosat
Toliblar Emomali Rahmonni tanqid qilishdi
Bundan tashqari, “Tolibon”* harakati tomonidan tashkil etilgan Afgʻoniston hukumati raisi oʻrinbosari vazifasini ijro etuvchi Abdul Gʻani Barodar Tojikiston mamlakat ichki ishlariga aralashyotganini maʼlum qilgan.
Kuni kecha Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afgʻoniston bilan chegaradosh Darvoz tumanidagi harbiy paradda ishtirok etdi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻoniston terrorchilar makoniga aylanmoqda – Emomali Rahmon
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala