Jamiyat

Senatorlar qonunni maʼqulladi: 30 yoshdan oshganlar ham bojxonaga ishga kirishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Yangi qonunga koʻra, 30 yoshdan oshgan fuqarolar bojxona organlariga ishga kirishi mumkin.
TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Bugun Senatning oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.
Qonun bilan bojxona xizmatidagi ayrim jarayonlarga yangilik va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Qayd etilganidek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhining (FATF) tavsiyasiga asosan naqd valyutani chegara punktlari orqali kirib kelishini nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan.
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Jamiyat
Harbiy xizmat, ichki ishlar va bojxona: pensiya taʼminotiga doir yangi qonun
Shu bois, qonun oʻz vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish vazifasi bilan toʻldirilmoqda.
Shu bilan birga, qonun bojxona auditini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish, Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida oʻttiz yoshdan oshgan fuqarolarni bojxona organlarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy tuzilmalariga xizmatga qabul qilish mumkinligini belgilovchi normalar bilan toʻldirilmoqda.
Bundan tashqari, qonunchilikda mavjud nomuvofiqliklar va noaniqliklar sababli amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlarni bartaraf etish maqsadida bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala