Siyosat

Toliblar Emomali Rahmonni tanqid qilishdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishTablichka na stole predstaviteley dvijeniya "Taliban"
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Harakat vakilli Inomulla Samangoniy Twitter ijtimoiy tarmogʻida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon yuritayotgan siyosatga nisbatan oʻz mulohazalarini bildirdi
TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Afgʻonistonning yangi hukumati - "Tolibon"* harakati vakillari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni mamlakatda demokratiya taqchilligi uchun tanqid qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Tojikiston nomiga keskin fikrlar harakat vakili Inomullo Somongoniy tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan. U Twitterda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon siyosatiga baho bergan.
Situatsiya v Afganistane posle smenы vlasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Dunyoda
Toliblardan yangi qoidalar: afgʻon ayollariga yevropacha soch turmaklatish man etildi
"U 27 yildan beri prezidentlik qiladi, yana olti yil shu vazifani bajaradi va undan keyin, ehtimol, yana prezident lavozimida qoladi. U rahbarlik qilayotgan mamlakatda saylovlarda ishtirok etishga beshta partiyaga ruxsat berilgan va ularning barchasi hukumatparast partiyalardir. Va bu hurmatli inson Afgʻonistonda saylovlarni oʻtkazish borasida bizga maslahat solmoqchi", — deb yozgan Somongoniy.
Toliblar bundan oldin ham ikki marotaba Tojikistonni tanqid qilgan edi. Hafta boshida Afgʻonistonning yangi saylangan hukumati bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Abdul-Gʻani Barodar Tojikistonni Afgʻonistonning ichki ishlariga aralashishda ayblagan edi.
Soʻngra, bosh vazirning ikkinchi oʻrinbosari Abdul-Salom Xanafiy Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Afgʻonistonda yangi inklyuziv hukumat yaratish lozimligi haqidagi soʻzlarini qoraladi. U Rahmonga AIR ichki ishlariga aralashmaslikni maslahat berib, aks holda, Tojikiston shunga yarasha munosabatga roʻbaro boʻlishini qoʻyishma qildi.
* RFda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala