Toliblar Emomali Rahmonni tanqid qilishdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTablichka na stole predstaviteley dvijeniya "Taliban"
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
Harakat vakilli Inomulla Samangoniy Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon yuritayotgan siyosatga nisbatan o‘z mulohazalarini bildirdi
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Afg‘onistonning yangi hukumati - "Tolibon"* harakati vakillari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni mamlakatda demokratiya taqchilligi uchun tanqid qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Tojikiston nomiga keskin fikrlar harakat vakili Inomullo Somongoniy tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan. U Twitterda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon siyosatiga baho bergan.
Situatsiya v Afganistane posle smeni vlasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Toliblardan yangi qoidalar: afg‘on ayollariga yevropacha soch turmaklatish man etildi
"U 27-yildan beri prezidentlik qiladi, yana olti yil shu vazifani bajaradi va undan keyin, ehtimol, yana prezident lavozimida qoladi. U rahbarlik qilayotgan mamlakatda saylovlarda ishtirok etishga beshta partiyaga ruxsat berilgan va ularning barchasi hukumatparast partiyalardir. Va bu hurmatli inson Afg‘onistonda saylovlarni o‘tkazish borasida bizga maslahat solmoqchi", — deb yozgan Somongoniy.
Toliblar bundan oldin ham ikki marotaba Tojikistonni tanqid qilgan edi. Hafta boshida Afg‘onistonning yangi saylangan hukumati bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Abdul-G‘ani Barodar Tojikistonni Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishda ayblagan edi.
So‘ngra, bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari Abdul-Salom Xanafiy Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Afg‘onistonda yangi inklyuziv hukumat yaratish lozimligi haqidagi so‘zlarini qoraladi. U Rahmonga AIR ichki ishlariga aralashmaslikni maslahat berib, aks holda, Tojikiston shunga yarasha munosabatga ro‘baro bo‘lishini qo‘yishma qildi.
* RFda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0