Hodisalar

Toshkentda maktab oʻquvchilari ommaviy mushtlashdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovDraka
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Voqea 28 sentyabr kuni 94 va 145-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-10 sinf oʻquvchilari oʻrtasida roʻy bergan.
TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumanida ikki maktab oʻquvchilari oʻrtasida ommaviy janjal sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, voqea 28 sentyabr kuni 94 va 145-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-10 sinf oʻquvchilari oʻrtasida roʻy bergan. Ular avvaliga telegramda oʻzaro gap talashib qolishgan. Keyin esa Mirobod tumani Amir Temur koʻchasida uchrashib, munosabatlarni hal qilishmoqchi boʻlishgan.
“Mazkur uchrashuvga 20 nafarga yaqin maktab oʻquvchilari kelishgan va ularning bir nechtasi oʻrtasida janjal boshlangan”, - deyilgan xabarda.
Janjaldan xabar topgan hududiy profilaktika inspektorlari aralashuvi bilan mojaroning oldi olingan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda. Yakunida qonuniy qaror qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader