Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun yil oxiriga qadar Parlamentga kiritiladi - Ortiqov

© SputnikEkonomicheskiy forum v Tashkente
Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xususiylashtirish to‘risidagi qonun yo‘qligi ushbu jarayonni juda sekinlashtirmoqda.
TOShKENT, 30 sen - SPUTNIK. Ushbu yil oxiriga qadar O‘zbekistonda xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritiladi. Bu haqida Toshkent iqtisodiy forumi doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov xabar qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Agentligimiz “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri ustida ish olib bormoqda. Yil oxiriga qadar uni Parlamentga kiritishni rejalaganmiz", - dedi Davaktiv rahbari.
Shu bilan birga agentlik rahbari ayrim sohalarda xususiylashtirishdan oldin tahlil o‘tkazilishini aytib o‘tdi.
Shuni ham qo‘shimcha qilmoqchimanki, sog‘lom raqobat muhiti shakllanib ulgurgan sohalarda davlat korxonalarini o‘rganish va ularni qisqartirish bo‘yicha chuqurlashtirilgan tahlil o‘tkazamiz, - deb qo‘shimcha qildi Ortiqov.
Iqtisodiy forumda so‘zga chiqqan “Dentans” boshqaruvchi hamkori Eldor Mannopov aytishiga ko‘ra, xususiylashtirish to‘risidagi qonun yo‘qligi ushbu jarayonni juda sekinlashtirmoqda. Xususan, kuni kecha yakuniga yetgan, Coca Cola kompaniyasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi bitim ustida ham bir yish ishlashga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident farmoniga ko‘ra, 479 ta davlat korxonasini to‘liq xususiylashtirish, 2025-yilgacha davlat korxonalarining umumiy sonini 75 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. Ushbu ishlarni jadal va samarali amalga oshirish uchun xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish muhim ahamiyatga ega.
Yangiliklar lentasi
0