Iqtisod

YETTB va XMK TBC Bank Uzbekistan aktsioneriga aylandi

© Sputnik / Alexander ImedashviliGruzinskiy TBC Bank
Gruzinskiy TBC Bank  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Bu 2017 yildan beri YETTBning oʻzbek bank sektoriga kiritgan birinchi sarmoyasi hisoblanadi.
TOSHKENT, 1 okt - Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)ning har biri TBC Bank Uzbekistan’ning 20% gacha boʻlgan aktsiyalarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
YETTB va XMK kompanilari Gruziyaning TBC Bank Groupning (TBC UZ) London fond birjasida roʻyxatga olingan 20% aktsiyalarini sotib olmoqchi.
2022−2024 yillar mobaynida TBC UZ kapitalini qoʻllab-quvvatlash uchun investorlarning har biri 9,4 million dollardan mablagʻ ajratadi.
TBC — Oʻzbekistonda 2020 yil oktyabr oyida faoliyatini boshlagan Gruziya bankidir. Bugungi kunda bank Oʻzbekiston hududida ikkita ofis ochgan va 34 ta aloqa punktiga ega.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 29-30 sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan iqtisodiy forum doirasida Vengriyaning OTP Bank banki "Ipoteka-bank"dagi davlat ulushining 75 %ini sotib olgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala