Yevropa gaz bozori uchun jangda AQSh Rossiyaga yutqazdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi “yordam va’da berish siyosati” – boshqa-yu, “bozor iqtisodi” – butunlay boshqa narsa ekanini juda yaxshi tushunib oldi.
Dunyo OAVlari xabariga ko‘a, Yevropa, shu kunlarda kuzatilayotgan global energiya krizisi jarayonida, energetik xavfsizlik borasida faqat o‘z imkoniyatlariga ishonishi kerakligini tushungan.
Suyultirilgan gaz ortilgan va bir vaqtlar “Rossiya gazining muqobili” deyilgan yulduzli va yo‘l-yo‘l chiziqli Amerika tankerlari endi bu yerlarga kelmay qo‘ydi. Boshqacha qilib aytganda bir vaqtlar amerikalik do‘stlarimiz tomonidan dunyo OAVlarda piar qilingan “Slanes revolyutsiyasi” - mutlaq muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Vaziyatga oydinlik kiritish va Yevropa qayerga kelib qolganini tushunish maqsadida, “Shimoliy-oqim-2” qurilishi boshlangan vaqtdayoq ma’lum bo‘lgan raqamlarga nazar tashlaymiz.
Viveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2021
"Gazprom" Yevropa omborlariga jo‘natilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
Suyultirilgan gazning Yevropa bozoriga faol kirib kelishi 2018 -2019 yillargato‘g‘ri keldi. O‘sha vaqt AQShda suyultirilgan gaz hajmi birdaniga 100 milliard metr kubga 840 milliard metr kubni tashkil qildi.
Aynan shu vaqtda ishbilarmon AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifioqi raisi Jan-Klod Yunker bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng Yevropaga suyultirilgan gaz importi 250 million kubdan 1,5 milliardgacha keskin oshdi. Aynan shu vaqtda ko‘plab xorijiy va ba’zi Rossiya OAVlari “Shimoliy oqim-2”ning kuni bitgani haqida maqollalar yoppasiga chiqa boshladi, ekspertlar uning kuni bitganini bashorat qilia boshlashdi.
Darhaqiqiat, o‘sha vaqtlar ko‘pchillikka vaziyat ana shunday tugashi muqarrardek tuyulgan edi. 2019-yil dekabrida AQSh cuyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yia yangi rekord o‘rnatdi. Yevropa bozorida AQSh suyultirilgan gazi hajmi 16%ga yetdi. AQSh gaz tashuvchi kemalari Gruziya, Ukraina, Ispaniya, Finlyandiya qirg‘oqlariga tez tez kelib turadigan bo‘ldi. Gazning asosiy iste’molchilari esa – Britaniya, Ispaniya, Polsha va Portugaliya bo‘ldi.
Keyin dunyo arenasiga koronavirus chiqdi va barcha faoliyat turlari muzlab qoldi. 2020-yilning ikkinchi choragidayoq AQShdan olib kelinayotgan gaz hajmi uch baravar kamayib ketdi va haligacha avvalgi darajasiga qaytgani yo‘q. AQSh OAVlariga ishonadigan bo‘lsak – endi hech qachon qaytmaydi ham, chunki bunga hatto Vashingtonning o‘zi ham ishonmaydi.
Vankorskoe neftegazovoe mestorojdenie v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi
COVID-19 tutqichi sal yengillaganidan so‘ng jahon iqtisodiyoti sekin-asta tiklana boshladi va hammaga birdaniga energiya manbaalari zarur bo‘lib qoldi. Shu joyida Yevropa Ittifoqi “yordam berish ga va’da berish siyosati” – boshqa-yu, “bozor iqtisodi” – butunlay boshqa narsa ekanini juda yaxshi tushunib oldi.
2020 yilda AQSh gaz suyultirish zavodlarida ishlab chiqilgan rekord miqyosidagi 914 milliard metr kub gaz, yo AQShning o‘zida qoldi yoki Osiyo-Tinch okeani hududiga yo‘l oldi, chunki bu yerda an’anaviy ravishda gaz narxi ancha baland sotiladi. AQSh hukumatining o‘zi gaz savdosi bilan shug‘ullanmasa-da, bu ish bilan qator xususiy kompaniyalar shug‘ullanadi, hukumat esa kafolatlangan yuqori daromad oladi.
Yevropa Ittifoqi siyosatchilari bamaylixotir o‘tirib jug‘rofi kitobini titkildashganida Osiyo-Tinch okeani hududida 58tam mamlakat borligini va u yerda 5 milliard aholi yashashini anglagan bo‘lardi. Asosiysi – bu yerda istalgan miqdordagi energiya manbaalarini hazm qilishga qodir bo‘lgan Xitoy borligini ko‘rishar edi. International Energy Agency ma’lumotiga ko‘pa Pekin 2021-yilda suyultirilgan gaz sotib olish hajmini ikki baravar oshirdi. Shu sababli dunyo bo‘ylab barcha suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchi zavodlar mahsulot hajmini o‘rtacha 40%ga oshirishdi.
Butun Yevropa Ittifoqi bir yilda 394 milliard metr kub gaz yoqadi. Xitoyning bir o‘zi bo‘lsa - 330 milliard metr kub. Yevropa bozori bir necha yil davomida deyarli bir xil nataja ko‘rsatgan bo‘lsa Xitoyning gazga bo‘lgan talabi ildam tez oshib bormoqda. Undan tashqari bu birjalarda Hindiston, Yaponiya Singapur ham borligini unutmas kerak.
K startu gotov: zaversheno stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok – 2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Qarshiliklarga qaramasdan: “Shimoliy oqim-2” qurilishi to‘liq yakunlandi
Aynan shu sababli Yevropada ming metr kub gaz narxi 320 dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, OTHda u 700ga chiqib ketgan eli.
Amerika nashlari xabariga ko‘ra, bu yil qish oldigan YeIning yer osti gaz omborlari ham to‘ldirilmagan. Elektr narxi esa tobora osmonga chiqib ketmoqda. Qishda aholi uchun elektr narxi yanada qimmatroq bo‘ladi.
Xullas, Vashington o‘z ichki muammolarini hal qilish uchun o‘zining “Osiyo”dagi ulushini ushlab turib, “Gazprom”ga Yevropa bozorlarini egallab olish uchun imkon yaratib bermoqda. Mana shularning barchasi quvur orqali kelgan gazning nafaqar ishonchli ekanini amalda ko‘rsatmoqda. Faqatgina quvurli gaz Yevropani qutqarib qoladi.
Amerika Qo‘shma shtatlari to‘rt yil davomida Yevropaga bosim o‘tkazish mumkin bo‘lgan gaz dastaklarini Rossiyadan o‘z qo‘liga tortoib olishga harakat qildi. Lekin marraga yaqin qolganda dastakni yana qaytarib Rossiyaga “sovg‘a qildi”.
Yangiliklar lentasi
0