“Faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”: Chusovitina sportga qaytmoqda

© Mejdunarodnaya federatsiya sportivnoy gimnastikiGimnastka Oksana Chusovitina proshayetsya so sportom posle vosmoy Olimpiadi v karyere
Gimnastka Oksana Chusovitina proshayetsya so sportom posle vosmoy Olimpiadi v karyere - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Obuna bo‘lish
Afsonaviy Oksana Chusovitina katta sportga qaytishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Afsonaviy Oksana Chusovitina yana katta sportga qaytishini ma’lum qildi.
Yozgi Olimpiadada eng ko‘p qatnashib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan sportchi kelasi yil o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashish niyatida.
“2022-yilgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishga qaror qilganimni barchaga yetkazmoqchiman. Shunchaki, faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”, - deb yozgan gimnastikachi o‘zining Stories’da.
Tokioda o‘tkazilgan olimpiya o‘yinlarida Oksana Chusovitina katta sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
Uning hisobida - 1992-yil Barselona o‘yinlardagi oltin va 2008-yil Pekin o‘yinlaridagi kumush medallari.
Yangiliklar lentasi
0