"Hech kimning o‘rnini egallamadim!": afsonaviy Chusovitina sportga qaytishi haqida

© AFP 2023 / MINAS PANAGIOTAKISGimnastka Oksana Chusovitina
Gimnastka Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Osiyo o‘yinlarida Chusovitina faqat gimnastikaning tayanib sakrash turi bo‘yicha ishtirok etishni rejalashtirmoqda, u jamoaga kirish uchun saralash bosqichidan umumiy shartlar asosida o‘tadi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Afsonaviy Oksana Chusovitina yana katta sportga qaytishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari paytida Oksana Chusovitina musobaqalarda qatnashmasligini e’lon qilgandi.
© Foto : Instagram/Oksana ChusovitinaOksana Chusovitina vozvrashayetsya v bolshoy sport
Oksana Chusovitina vozvrashayetsya v bolshoy sport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Oksana Chusovitina vozvrashayetsya v bolshoy sport
Mashhur gimnastikachi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida uning qarorini o‘zgartirishga nima sabab bo‘lganini tushuntirdi.

"Faoliyatimni O‘zbekiston uchun medal bilan tugatishni juda istayapman. Bu Olimpiya o‘yinlari bo‘lmasa ham, Osiyo o‘yinlari bo‘lsin, lekin men buni juda xohlayapman. Qalb so‘raganda, qilish kerak", - deya Chusovitina o‘z qarorini tushuntirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u faqat navbatdagi Osiyo o‘yinlarida tayanib sakrash musobaqasiga tayyorgarlik ko‘radi va shundan so‘ng karyerasini tugatadi. Bunday qadam - kimgadir nimanidir isbotlashga urinish emas.
"Men hech kimga hech narsani isbotlamoqchi emasman, men shuncha o‘zimga isbotlamoqchiman ... Men keyin pushaymon bo‘lmaslik uchun harakat qilmoqchiman. Olimpiadada buni qilib bo‘lmagani [medalni qo‘lga kiritish - tahr.] uchun ko‘ngilda og‘ir dog‘ qoldi”, - dedi u.
Biroq hamma obunachilar ham bu yangilikni ijobiy qabul qilishmagan. Sportchining sahifasida uni "yoshlarga yo‘l berishga" undaydigan keskin izohlar ham yozildi. Biroq, Oksananing so‘zlariga ko‘ra, u boshqa sportchilardan terma jamoaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatini olib qo‘ymayapti.

"Bu mening xohishim va men, ehtimol, xohlaganimni qilishga haqqim bor ... Men hech kimning o‘rnini egallamadim, men ham jamoaga kirish uchun saralash bosqichidan o‘taman, chiqish qilaman, kurashaman. Hamma teng shartlarda" – deydi sportchi.

Uning qarorini tanqid qilganlarga Oksana bitta maslahat beradi: mehribon bo‘lish.
"Men odamlarga aytmoqchiman: ozgina mehribonroq bo‘ling, har bir kishida tanlov huquqi bor", - dedi u.
Gimnastka Oksana Chusovitina proshayetsya so sportom posle vosmoy Olimpiadi v karyere - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
“Faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”: Chusovitina sportga qaytmoqda
Katta sportga qaytganiga qaramay, Oksana Chusovitina murabbiylik faoliyatidan voz kechmoqchi emas. Endi u yosh sportchilar uchun sport mahorat maktabi qurilishini, asbob -uskunalar sotib olinishini kutmoqda. Olimpiya sportchisiga uning qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazishni istagan o‘zbekistonliklardan ko‘plab maktublar kelmoqda.
"Hozir Toshkentda bitta sport zali bor. Bu yerda terma jamoa sportchilari va klub bolalari shug‘ullanishadi, barcha bitta sport zaliga sig‘ishmayapti - u unchalik katta emas. Umid qilamanki, sport zali qurib beriladi va bizgimnastikani rivojlantiramiz. Hech kim kabi men ham bunday qilmayman. Men buni juda xohlayman", - deb qo‘shimcha qildi afsonaviy sportchi.
Chusovitina gimnastika tarixida 8ta Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirilgan.
Oksana Chusovitina 1990-yilda sobiq SSSR terma jamoasida faoliyatini boshlagan. 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan Olimpiadada u Birlashgan jamoa (MDH) tarkibida Olimpiada chempioni bo‘lgan.
Chusovitina — uch marta jahon chempioni bo‘lgan hamda 2008-yilgi Olimpiadaning kumush medali sohibasi.
Yangiliklar lentasi
0