Migratsiya

Ikki oʻzbekistonlik qiz “Rossiya migrantlari” goʻzallik tanlovi finaliga chiqdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishKorona na konkurse krasotы
Korona na konkurse krasotы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
"Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" goʻzallik tanlovining yarim final ovoz berish jarayoni yakunlandi.
TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. "Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" goʻzallik tanlovining yarim final bosqichidagi ochiq ovoz berish jarayoni oʻz nihoyasiga yetdi.
Olingan ovozlar soni boʻyicha ikki nafar oʻzbekistonlik qiz tanlovning finaliga chiqdi. Ularga 2 mingdan ortiq ovoz berildi.
23 yoshli Abdildayeva Kamola RUDN universiteti talabasi.
© Miss FMR 2021Abdildayeva Kamola
Abdildayeva Kamola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Abdildayeva Kamola
Yana bir oʻzbekistonlik ishtirokchi - 25 yoshli urganchlik Karimova Rushana.
© Miss FMR 2021Karimova Rushana
Karimova Rushana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Karimova Rushana
Tanlovda hozirda Rossiyada boʻlgan voyaga etgan migrant qizlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning yarim finalida jami yetti nafar oʻzbekistonlik qiz ishtirok etdi. Tojikiston, Qirgʻiziston, Ukraina, Turkmaniston, Qozogʻiston va Senegal goʻzallari ularga raqib boʻlishdi.
"Miss FMR" finali 9 oktyabr kuni Moskvada boʻlib oʻtadi. Uch finalchi mukofot oladi: "Miss FMR" va "vitse-miss FMR", shuningdek " Tomoshabinlar eʼtirofi" nominatsiyasi gʻolibi.
Migrant ayollar oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan goʻzallik tanlovi ikkinchi marta oʻtkazilmoqda. Oʻtgan yili tojikistonlik Fotima Kaladorova gʻolib boʻlgandi, "vitse-miss" unvoni Rossiya Tuva Respublikasidan Diana Badirgi qoʻlga kiritdi, “tomoshabinlar eʼtirofi” esa qirgʻizistonlik Kamila Polotbekovaga nasib qildi.
© Federatsiya migrantov RossiiFinal konkursa krasotы Miss FMR - Sputnik Tadjikistan
Final konkursa krasotы Miss FMR - Sputnik Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Final konkursa krasotы Miss FMR - Sputnik Tadjikistan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala