Migratsiya

Yangi yildan migratsiya sohasida qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi – Kazakova

© Sputnik / Nina ZotinaNachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
IIVning Migratsiya boʻlimi boshligʻi yangi yildan Rossiya qonunchiligida kuchga kiradigan oʻzgarishlar haqida aytib berdi.
TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Yangi yildan Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan MDH davlatlari fuqarolari 1 oy ichida daktiloskopiya va tibbiy koʻrikdan oʻtishi majburiy boʻladi.
Bu haqida Rossiya IIV Migratsiya boʻlimi rahbari Valentina Kazakova Izvestiya gazetasiga bergan intervyusida xabar qildi.
Kazakova aytishiga qaraganda, ushbu oʻzgarish koʻproq YEOII davlatlari fuqarolariga tegishldi boʻladi, chunki MDHning boshqa davlatlari fuqarolari patent olish vaqti daktiloskopiya va tibbiy koʻrikdan shundoq ham oʻtadi va ushbu maʼlumotlar IIV bazasida saqlanib qoladi.
Mnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Migratsiya
Rossiya IIV migrantlarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi
Ikkinchidan, patent muddatini Rossiyadan chiqmay turib uzaytirish mumkin boʻladi. Oldin patent muddatini faqat bir marta uzaytirish mumkin edi, yangi yildan boshlab esa – cheksiz boʻladi.
Uchinchidan, patent olishda kerak boʻladigan ayrim hujatlar, xususan tibbiy maʼlumotnoma (va rus tili imtihoni – tahr.) xorijda topshirish mumkin boʻladi. Bunday tartib dastlab Oʻzbekistonda, tajriba tariqasida yoʻlga qoʻyiladi.
Undan tashqari, Kazakova Rossiyada qancha migrant qolgan va ularning qanchasi noqonuniydegan savolga ham javob berdi.

“Pandemiyadan oldin Rossiyada 10 millionga yaqin xorijiy fuqarolar yashab kelgan boʻlsa, hozirgi kunda ularning soni 7 millionga yaqinlashgan. Pandemiya vaqtida Rossiya prezidentining 274 -soni va 364-sonli farmonlari tufayli deyarli 1 million kishi oʻzining Rossiyadagi faoliyatini qonuniylashtirishga muvaffaq boʻlgan. Taxminan 700 mingga yaqin xorijiy fuqarolar – haligacha noqonuniy maqomda qolmoqda”, - dedi Migratsiya boʻlimi boshligʻi.

Yana bir yangilik - Rossiyaga oilasi bilan kelayotgan xorijiy davlat fuqarolarining bolalari migratsiya roʻyxatidan oʻtishi kerak boʻladi va maktabga qatnashi qonunda belgilab qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala