Jamiyat

Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiylarning moddiy javobgarligi qonun bilan belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOfitserы uzbekskoy armii
Ofitserы uzbekskoy armii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi qonun bilan belgilandi
TOSHKENT, 2 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” qonunni imzoladi.
Predstaviteli Uzbekistana na chempionate mira po boksu sredi voyennыx zavoyevali 7 medaley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Sport
Oʻzbekistonlik harbiy bokschilar Jahon chempionatida 7 ta medalga ega chiqishdi
Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:
Muddatli xarbiy xizmatga chaqirish uchun:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻin punktlarida – harbiy-tibbiy komissiya;
- tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi;
- Muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkazish uchun – mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi hududiy komissiya;
Zdaniye Pentagona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Dunyoda
OAV: AQSH Oʻzbekiston bilan harbiy obʼyektlardan foydalanish borasida muzokara olib bormoqda
- Chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, sogʻligʻining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun – mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya.
Shuningdek, qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, harbiy xizmatchilarning, OTM kursantlarining, harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni oʻtayotganlarning moddiy javobgarligi belgilandi.
Bunda mazkur shaxslar yetkazilgan zarar aniqlangan kundan eʼtiboran 3 yil ichida moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala