Namanganda gaz qo‘yish shaxobchasi yonib ketdi

© Press-slujba MChS UzbekistanaPojarniy MChS
Pojarniy MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2021
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijsida shaxobchaning 40 kv. metr joy yonib zarar ko‘rdi. Insonlarga shikast yetmagan.
TOShKENT, 02 okt – Sputnik. Namangan viloyatidagi gaz qo‘yish shaxobchalaridan birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2-oktabr kuni Qurama mahallasining Qorasuv ko‘chasida joylashgan 1-AGTKSh (avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasida) ro‘y bergan.
Yashnobod tumanida bir biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi
Qayd etilishicha, zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan Namangan viloyat FVV yong‘in-qutqaruv guruhi hodisa joyiga yetib borgan hamda sa’yi-harakatlar natijasida qisqa fursatda yong‘in butunlay bartaraf etilgan.
Shaxobchani birinchi gaz quyish uskunasi va shift qismining 40 kv. metr joyi yonib zarar ko‘rgan.
Ushbu holat tanijasida insonlarni jabrlangani va halok bo‘lganlari aniqlanmagan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0