Sentabr oyida koronavirusdan 154 nafar, pnevmoniyadan 58 nafar bemor vafot etdi

Obuna bo‘lish
Sutka davomida 471 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 174 879 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 471 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 174 879 nafarni tashkil qilmoqda.
Xolodnaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Haftaning ikkinchi yarmida Rossiyadan sovuq havo kirib keladi - O‘zgidromet
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (19), Andijon viloyatida (15), Buxoro viloyatida (10), Jizzax viloyatida (9), Qashqadaryo viloyatida (6), Navoiy viloyatida (5), Namangan viloyatida (15), Samarqand viloyatida (44), Sirdaryo viloyatida (12), Surxondaryo viloyatida (3), Farg‘ona viloyatida (28), Xorazm viloyatida (11), Toshkent viloyatida (102), Toshkent shahrida (192) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 169 866 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizga yetdi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1245 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Sentr vaksinatsii ot COVID-19 v Lujnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Krasnoyarskda migrantlarni kovidga qarshi pulli emlash boshlandi

Pnevmoniya holatlari

59 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Jami bemorlar soni 27 276 nafarga yetdi.
Kecha ularning 92 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 25 550 nafarni tashkil qilmoqda. 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 233 nafarga yetdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 233,7 milliondan oshdi, 4,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (43,4 mln), Hindistonda (33,7 mln), Braziliyada (21,4 mln).
Yangiliklar lentasi
0