Hodisalar

Toshkent viloyatida YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishMigalka
Migalka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Toshkent viloyatida YPX xodimlari va fuqarolar oʻrtasida nizo chiqdi.
TOSHKENT, 2 okt — Sputnik. 1 oktyabr kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan oʻtuvchi A-373a "Olmaliq-Toshkent" avtomobil yoʻlining 1-kilometrida YPX xodimi A.Karayev tomonidan "KIA CARNIVAL" rusumli avtomobil toʻxtatilgan va tekshiruv davomida transport vositasining yon oynasi ruxsatsiz qoraytirilganligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 126-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda ushbu avtomobil yoʻlovchisi hamda atrofda boʻlgan yana bir piyoda telefon orqali holatni videotasvirga olgan.
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Hodisalar
YPX xodimlarini haqorat qilgan avtobloger ushlandi. Uning telefonida pornovideo aniqlandi
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqamasining maʼlumotiga koʻra, YPX xodimi ushbu jarayonda yoʻlovchiga tasvirga olmaslikni soʻrab eʼtirozlar bildirgan va oʻzaro tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.
Toshkent viloyati IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Tekshiruv davomida YPX xodimining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala