“Toshkent yo‘lbarsi”: afsonaviy o‘zbek bokschisi Rufat Risqiyev 72 yoshga to‘ldi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaTashkentskiy tigr: legendarniy uzbekistanskiy bokser Rufat Riskiyev otmechayet 72-letie
Tashkentskiy tigr: legendarniy uzbekistanskiy bokser Rufat Riskiyev otmechayet 72-letie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2021
Obuna bo‘lish
“Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiyev bugun 72 yoshga to‘ldi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbek va jahon boksining afsonalaridan biri, “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiyev bugun 72 yoshga to‘ldi.
Rufat Asadovich Risqiyev 1949-yil 2-oktabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1974-yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi bo‘lib tarixda qoldi. Shuningdek, Rufat Asadovich 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlari finalchisi ham ekani yaxshi ma’lum. 2019-yildan e’tiboran boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish joriy etildi.
© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishUzbekskiy bokser Rufat Riskiyev
Uzbekskiy bokser Rufat Riskiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2021
Uzbekskiy bokser Rufat Riskiyev
Rufat Asadovich o‘zbek boksiga tamal toshini qo‘ygan insonlardan biri hisoblanadi.
© iz lichnogo arxiva Murata ErgashevaBokser Murat Ergashev i Rufat Riskiyev s druzyami
Bokser Murat Ergashev i Rufat Riskiyev s druzyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2021
Bokser Murat Ergashev i Rufat Riskiyev s druzyami
O‘zbek bokschilarining hozirgi muvaffaqiyatlarida ham ushbu mutaxassisning xizmati beqiyosdir. Rufat Risqiyevning ko‘p yillik mehnatlari davlat tomonidan munosib taqdirlangan bo‘lib, o‘tgan yil yili prezident tomonidan taqdim etilgan “Do‘stlik” ordeni u kishining shaxsiy mukofot va sovrinlar kolleksiyasini yana bittaga boyitdi.
© iz lichnogo arxiva Murata ErgashevaBokser Murat Ergashev i Rufat Riskiyev s vospitannikami
Bokser Murat Ergashev i Rufat Riskiyev s vospitannikami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2021
Bokser Murat Ergashev i Rufat Riskiyev s vospitannikami
Yangiliklar lentasi
0