Jamiyat

Toshkentdagi knyaz Romanov saroyi rekonstruktsiya qilinib, muzeyga aylantiriladi

© SputnikDvorets Romanova v Tashkente
Dvorets Romanova v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Eksklyuziv
Qarorgoh rekonstruktsiya ishlari yakunidan soʻng Oʻzbekistonning sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Bugun, Toshkentning tarixiy va meʼmoriy merosini asrash: “knyaz Romanov Saroyini restavratsiya qilish, muzey yaratish va doimiy koʻrgazma tashkil etish” mavzusida konferentsiya boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
© SputnikDvorets Romanova v Tashkente
Dvorets Romanova v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Dvorets Romanova v Tashkente
Toshkentdagi knyaz Romanovning sobiq qarorgohini restavratsiya qilish ishlarini Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi olib boradi.
Bugungi kunda binoni rekonstruktsiyasi va muzey dizaynining dastlabki kontseptsiyalari tayyorlandi.
© SputnikDvorets Romanova v Tashkente
Dvorets Romanova v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Dvorets Romanova v Tashkente
Loyihaga koʻra, bino va yon atrofdagi tarixiy qiyofasini saqlangan holda rekonstruktsiya qilinadi, saqlanib qolgan eski daraxtlar yanada koʻkalamzorlashtiriladi, mavjud favvoralar esa restavratsiya qilinadi.
© SputnikDvorets Romanova v Tashkente
Dvorets Romanova v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Dvorets Romanova v Tashkente
Saroyning bogʻ hududida jamoatchilik uchun ochiq maydon barpo etiladi. Shuningdek, eng muhimi Romanovlar kollektsiyasidagi sanʼat asarlaridan iborat ekspozitsiya yaratiladi.
Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abdulhakimovning soʻzlariga koʻra, doimiy koʻrgazma 500 ga yaqin eksponatni oʻz ichiga oladi.
© SputnikDvorets Romanova v Tashkente
Dvorets Romanova v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Dvorets Romanova v Tashkente
Bir vaqtlar saroyni bezab turgan marmar va bronzadan yasalgan haykallardan tashqari, saroyga 120 tadan ortiq rasm va grafika, 75 ta haykal, 20 ta mebel qaytariladi. Rekonstruktsiya ishlarini 2 yil ichida yakunlash rejalashtirilgan.
"Soʻnggi besh yil ichida muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylash, uni oʻrganish va ommalashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirildi. Knyaz Romanov saroyi binosini restavratsiya qilish – ana shunday yirik loyihalardan biridir", - dedi Abduhakimov.
Bыvshaya rezidentsiya Romanovыx v Tashkente, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2019
Madaniyat
Toshkentdagi sobiq Romanov saroyida muzey tashkil qilinishi mumkin
Oʻzbekiston prezidenti patronaji ostida amalga oshirilayotgan mazkur noyob loyiha ishiga arxitektura va restavratsiya sohasining xalqaro professionallari jalb qilingan.
"Bizning maqsadimiz – bu betakror meʼmoriy yodgorlik va unga tutash boʻlgan park maydonini saqlab qolgan holda, u yerda jamoatchilik vaqt oʻtkazishi uchun sharoit yaratishdir. Mehmonlar Markaziy Osiyo meʼmorchiligi uchun gʻayrioddiy boʻlgan bu joy bilan tanishishlari mumkin boʻladi. Umid qilamizki, boʻlajak muzey poytaxtimizning asosiy diqqatga sazovor turistik joylaridan biriga aylanadi”, – deb qoʻshimcha qildi bosh vazir oʻrinbosari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala