Dunyoda

Tramp Twitter’dagi sahifasini sud orqali tiklamoqchi

© REUTERS / Jonathan DrakeBыvshiy prezident SSHA Donald Tramp vo vremya vыstupleniya na sʼyezde respublikantsev Severnoy Karolinы
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp vo vremya vыstupleniya na sʼyezde respublikantsev Severnoy Karolinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2021
Tramp Twitter’dagi sahifasini qaytarishni muddao qilib sudga murojaat qildi.
TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. AQShning eks-prezidenti Donald Tramp oʻzining Twitter’dagi sahifasini vaqtincha tiklash boʻyicha Florida shtatidagi federal sudiga murojaat etdi.
Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
"Sobiq prezident Donald Tramp federal sudyaga Twitter’dagi oʻz akkauntini vaqtincha tiklashni ilimos qilib soʻrov yuborgan", deb yozmoqda Bloomberg.
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
Dunyoda
Tramp Baydenni “AQSH tarixidagi ulkan harbiy kamsitilishda” aybladi
Tramp birinchi marta Twitter’dagi taqiqini yechish soʻrovini juma kuni kechqurun Florida shtatidagi sudga yubordi.
Trampning taʼkidlashicha, AQSH Kongressidagi siyosiy raqiblarining bosimi ostida Twitter uning sahifasini yopib qoʻygan.
Xabarda aytilishicha, Twitter oʻz navbatida Trampning bayonotiga hech qanday izoh bermagan.
Prezident SSHA Djo Bayden v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Dunyoda
Bayden Trampning AQShga chet elliklar kirishini taʼqiqlovchi qarorini bekor qildi
Donald Trampning soʻzlariga koʻra, uning prezidentlik davrida Twitter uning sahifasini asossiz ravishda tsenzuraga qoʻyib kelgan, chiqargan postlarini esa kompaniya qonun-qoidalariga zid materiallar deb, ularni “eʼhtimoliy xavfli va chalgʻituvchi” maʼlumotlar sirasiga qoʻshgan.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yil yanvar oyida Twitter "zoʻravonlikka undash xavfi ostida" Trampning sahifasini muzlatib qoʻygan. Bundan tashqari, yanvar oyida boshqa ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Facebook, Twitter, Instagram ham sahifasiga har xil muddatga cheklovlar qoʻyishgan. Bunday choralarga 6 yanvar kuni Kongress binosida namoyishchilar keltirib chiqargan tartibsizliklarga Trampning bu voqealarga reaktsiya bildirgani sabab boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala