Turkmaniston prezidenti kelasi haftada O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yaqin kunlarda O‘zbekistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishcha, hozirda ikki mamlakat TIV Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga 4-5 oktabr kunlariga rejalashtirilgan rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Tashrif davomida Berdimuhamedovning bir qancha muhim tadbirlarda ishtirok etishi kutilmoqda.
Uzbekistan i Turkmenistan rasschitivayut podpisat soglashenie o sozdanii i regulirovanii deyatelnosti zoni prigranichnoy torgovli. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasi yakuniga yetkaziladi
Jumladan, Turkmaniston-O‘zbekiston iqtisodiy forumi, shuningdek, o‘zbek-turkman chegarasida savdo zonalarini yaratish masalalarini muhokama qilish ham ko‘zda tutilgan.
Sentabr oyida Toshkentda Turkmaniston-O‘zbekiston qo‘shma komissiyasining 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Anjuman doirasida qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalari, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun kimoviy vositalari hajmini oshirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0