Afg‘onistonning sobiq prezidenti G‘ani BAAga O‘zbekiston orqali qochgan – OAV

© REUTERS / Afghan Presidential PalacePrezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Obuna bo‘lish
Ashraf G‘anining BAAga qochish tafsilotlari ochiqlandi. OAV xabariga ko‘ra, siyosatchi Termiz aeroportida 31 soat qolib ketgan.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani avgust oyida mamlakatdan BAAga O‘zbekiston hududi orqali qochgan. Siyosatchi avvaliga xizmat vertolotidan, so‘ngra FlyJet Qozog‘iston aviakompaniyasining samolyotidan foydalangan. Bu haqda afg‘on gazetasi “Hasht e Subh Daily” sobiq rahbar atrofidagi manbasiga tayangan holda xabar berdi.
Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, 15-avgust kuni, “Tolibon”* vakillari Kobulga jangsiz kirishidan biroz avval G‘ani, uning yordamchilari va qo‘riqchilari Kobulni bir necha vertolotlarda tark etishgan. Vertolotlar favqulodda holatlarda prezident va uning atrofidagilar uchun mo‘ljallangani aytilmoqda.
“To‘rtta samolyotlarda O‘zbekistondagi Termiz shahrida qo‘nganlar 54 kishi orasida 22 nafar uchuvchi, Harbiy-havo kuchlarilarining ikkinchi uchuvchilari va texniklari bo‘lgan, yana 22 kishi prezidentning soqchilari bo‘lishgan. Ularning hech birining pasporti yo‘q edi”, - deya hikoya qilgan manba.
Termiz aerodromida G‘ani o‘z odamlari, jumladan, o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib, prezident ma’muriyati rahbari Fazl Mahmud Fazliy hamda turmush o‘rtog‘i Rula G‘ani bilan jami 31 soat bo‘lgan. Bu vaqt ichida ular 200 nafardan ziyod o‘zbek harbiylari nazorati ostida bo‘lishgan.
Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Ashraf G‘ani O‘zbekistonda ham, Tojikistonda ham, Qozog‘istonda ham emasligi aytildi
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, 16-avgust kuni tushlik vaqtida Termiz aeroportida 60 o‘ringa ega bo‘lgan kichik bir oq samolyot kelib qo‘ngan. Avvaliga G‘ani va uning yaqinlari bu samolyotga o‘tirishgan. Keyin qolganlar birin-ketin unga minishgan.
“Hech kim churq etmasdi, biz qayerga uchayotganimizni bilmasdik. Bir necha daqiqadan so‘ng samolyot parvoz qildi va bizga Birlashgan Arab Amirliklariga uchishimizni e’lon qilishdi”, - deya qo‘shimcha qilgan u.

Samolyot va BAAga kelish haqida

Nashrning Flightradar samolyotlar harakatini kuzatuvchi xizmat ma’lumotlariga tayangan holda aniqlik kiritishicha, Qozog‘istonning FlyJet aviakompaniyasining FJK-1255 reysini amalga oshirayotgan samolyoti 16-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da afg‘on yetakchisi va uning 53 nafar hamrohlari bilan Termizdan Abu-Dabiga uchgan.
Manba Abu-Dabiga yetib kelgandan so‘ng Ashraf G‘ani va boshqa amaldorlarni ko‘rmaganini bildirgan.
“Seshanba (17 avgust) kuni ertalab oldimizga BAAning ayrim amaldorlari kelib, qayerga ketmoqchi ekanligimizni so‘rashdi. Ular aytishdiki, bizning bu mamlakatda yashash imkoniyatimiz yo‘q. Bir necha kishining, jumladan, uchuvchilar, ikkinchi uchuvchilar va vertolotlarga xizmat ko‘rsatgan texnik xodimlarning harbiy biletidan tashqari hech qanday hujjatlari yo‘q edi. ularni afg‘on fuqarolari uchun amerika qo‘shinlari tomonidan Abu-Dabida tashkil etgan lagerlardan biriga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. Qolganlar o‘z yo‘didan ketdi”, - deya xulosa qilgan “Hasht e Subh Daily” manbasi.

Afg‘onistondagi vaziyat

15 avgust kuni “Tolibon”* jangarilari Kobulga jangsiz kirishdi va bir necha soat ichida Afg‘oniston poytaxti ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishdi. Biroz muddat o‘tib Ashraf G‘ani qon to‘kilishining oldini olish maqsadida mamlakatni tark etganini Facebookʼdagi sahifasi orqali ma’lum qildi, biroq qayerga yo‘l olganini aniqlik kiritmadi.
18 avgust kuni BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik ishlari vazirligi davlat insonparvarlik nuqtayi nazaridan Afg‘onistondan qochgan prezident va uning oila a’zolariga boshpana berganini haqida xabar berdi.
V poiskax Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Ashraf G‘ani qayerda?
6 sentabr kuni toliblar Afg‘onistonning butun hududini o‘z nazoratlari ostiga olishganini bildirishdi. 7-sentabr kuni esa yangi muvaqqat afg‘on hukumatining tarkibini e’lon qilishdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0