Dunyoda

JSSTda “Sputnik V” vaktsinasini tan olish yoʻlidagi barcha toʻsiqlar olib tashlandi – Murashko

© Sputnik / Pavel Lvov / Fotobankka oʻtishVaktsina "Sputnik-V"
Vaktsina Sputnik-V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2021
Rossiya SSV rahbari JSSTda “Sputnik V” vaktsinasini tan olish yoʻlidagi barcha toʻsiqlar bartaraf etilganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotida (JSST) Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini tan olish yoʻlidagi barcha toʻsiqlar olib tashlandi, ayrim maʼmuriy jarayonlar qoldi. Bu haqda Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatga olish va olgʻa siljishi borasidagi Rossiya pozitsiyasiga toʻliq quloq tutishdi. <...> Endi JSST maydonida vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi kompaniya qator hujjatlarni imzolab, qoʻshimcha qogʻozlarni taqdim etishi zarur.
Mixail Murashko
Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri
Rossiya vaziri tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus “keyingi ishlar” uchun toʻsiq qolmaganini tasdiqlaganini taʼkidladi. Ular kuni kecha uchrashishgan.
Hozirda Rossiyada koronavirusga qarshi beshta vaktsina roʻyxatga olingan. Dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan “Sputnik V” vaktsinasi Gamaleya markazi tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi koʻmagida yaratilgan. Bugungi kunga kelib u 70 dan ziyod davlatda maʼqullangan va aholini emlash uchun foydalanilmoqda. Oʻzbekistonda 30 sentyabr holatiga koʻra, 447 855 doza “Sputnik V” vaktsinasi emlash jarayonlarida qoʻllanilgan. 218 ming kishi u bilan toʻliq emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala