Jamiyat

Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni qilish hal etishda koʻmaklashuvchi markaz tashkil etildi

© Foto : Pixabay / Rawpixel Krepkoye rukopojatiye
Krepkoye rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2021
2021 yil 1 noyabrdan Mehnat instituti tomonidan mehnat migratsiyasida talab yuqori boʻlgan kasblar toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi va yuritiladi.
TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tuzilmasi hamda Institut toʻgʻrisidagi nizom;
- Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom;
- Malakalarni baholash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.
Mehnat institutining faoliyati Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Qarorga koʻra, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasidagi Davlat mehnat inspektsiyasi tizimida tajriba-sinov tariqasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni oʻrganish hamda hal qilishga koʻmaklashish markazi tashkil etildi.
Qarorga koʻra, 2021 yil 31 dekabrgacha quyidagilar ishlab chiqiladi:
zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan Oʻzbekistonda mehnatni meʼyorlash kontseptsiyasi;
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini strategik boshqarish mexanizmini shakllantirishga doir amaliy chora-tadbirlar.
2021 yil 1 noyabrdan Mehnat instituti tomonidan, jumladan, malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil baholashning maʼlumotlar bazasi, mehnat migratsiyasida talab yuqori boʻlgan kasblar toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi va yuritiladi.
Konferentsiya Valdayskogo kluba Rossiya i Uzbekistan pered vыzovami razvitiya i bezopasnosti na novom istoricheskom etape vzaimodeystviya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Jamiyat
Oʻzaro hamkorlik, tanlash imkoniyati, mehnat migrantlari: “Valday” ekspertlari muhokamalari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala