MIFI talabalari uchun zamonaviy turar-joy qurib topshirildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDlya studentov tashkentskogo MIFI postroili sovremennoe obshejitie
Dlya studentov tashkentskogo MIFI postroili sovremennoe obshejitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy blok MMFI filiali o‘quv binosi yaqinida joylashgan bo‘lib, u arxitektura va dizaynning zamonaviy uslublarini o‘zida ifoda etgan.
TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Toshkent shahridagi "MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti filialida talabalar va xorijiy o‘vituvchilar uchun ijtimoiy blokning tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Ijtimoiy blok 212 o‘rinli talabalar turar joyini, 21 nomerdan iborat xorijiy o‘qituvchilar uchun mehmonxonani, 42 ta xonadondan iborat filial professor-o‘qituvchilari uchun turar joyi, 100 kishilik katta oshxona, sport zal, futbol va voleybol sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie
Dlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Dlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie
Tantanali marosimda “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri AbduqodirToshqulov, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari rektorlari va direktorlari, MMFI filiali o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie, a dlya inostrannix prepodavateley gostinitsu kvartirnogo tipa
Dlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie, a dlya inostrannix prepodavateley gostinitsu kvartirnogo tipa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Dlya studentov tashkentskogo filiala MIFI postroili obshejitie, a dlya inostrannix prepodavateley gostinitsu kvartirnogo tipa
Tadbir davomida MMFI filiali direktori Yuriy Maslovga ramziy kalitni topshirish marosimi hamda ijtimoiy blok obyektlari bilan tanishtiruv o‘tkazildi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaObshejitie dlya studentov tashkentskogo MIFI
Obshejitie dlya studentov tashkentskogo MIFI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Obshejitie dlya studentov tashkentskogo MIFI
MMFI filialining bir guruh professor-o‘qituvchilari bosh universitet rektori tomonidan imzolangan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar, shuningdek, MMFI filiali talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari tashkillashtirildi.
Ijtimoiy blok MMFI filiali o‘quv binosi yaqinida joylashgan bo‘lib, u arxitektura va dizaynning zamonaviy uslublarini o‘zida ifoda etgan.
Toshkentdagi NIYaU MIFI filiali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Bo‘lajak atomchilar: Toshkentdagi NIYaU MIFI filiali an’anaviy o‘qishga qaytdi - foto
Ushbu kampus talabalarni qulay va shinam turar joy bilan ta’minlashga imkoniyat yaratadi va shu sababli ular tomonidan universitetda ta’lim olish jarayoniga jiddiy yondashishga undaydi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi MMFI filiali 2019-yilda O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan. Hozirda filialda talabalar bakalavriat dasturlari asosida kadrlarga talab yuqori bo‘lgan elektr energetikasi, issiqlik texnikasi va issiqlik fizikasi hamda yadro fizikasi va texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olib kelmoqdalar.
Yangiliklar lentasi
0