Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar chegaraga xudkushlar batalonini yuboradi

© AFP / ROMEO GACADVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2021
Bu batalon jangarilari agʻdarilgan afgʻon hukumati qurolli kuchlari hamda xorijiy harbiylarga qarshi uyushtirilgan teraktlarda qatnashishgan
TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Afgʻonistonda hukumatni egallab olgan “Tolibon”* radikal harakati Xitoy va Tojikiston bilan davlat chegaralarini qoʻriqlash uchun xudkush jangarilardan tashkil topgan maxsus batalon tuzdi. Bu haqda toliblar tomonidan tayinlangan Badaxshon viloyati hokimi oʻrinbosari Nisar Ahmad Ahmadiy maʼlum qildi.
“Mansur lashkari” deb nomlangan xudkushlardan iborat maxsus batalon afgʻon chegaralariga tashlanadi”, - degan Ahmadiy. Uning soʻzlaridan “The Khaama Press” agentligi iqtibos keltirgan.
Aniqlik kiritilishicha, bu batalon jangarilari agʻdarilgan hukumat qurolli kuchlari hamda Vashington boshchiligida xalqaro koalitsiya harbiylariga qarshi uyushtirilgan teraktlarda qatnashishgan.
“Bu batalonsiz AQShning magʻlubiyati imkonsiz boʻlardi. Bu jasur jangchilar maxsus portlovchi kamarlar taqib yurishadi, uning yordamida ular Afgʻonistondagi Amerika bazalarini portlashishgan”, - deya taʼkidlagan Ahmadiy.
Toliblar Afgʻoniston hududida teraktlarni amalga oshirish uchun xudkushlardan 2000 yillar oʻrtalaridan boshlab faol foydalana boshlashdi. Ular bu taktikani “Al-Qoida”* terrorchilik tashkilotidan oʻrganishgan.
Qayd etish joizki, Afgʻonistonning Badaxshon viloyati Tojikiston, Pokiston va Xitoy hududlari bilan chegaradosh.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Boytsы talibov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh viloyatga minglab jangchilarini yubordi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala