Hodisalar

Toshkentda “Damas” urib yuborgan 10-sinf oʻquvchisi vafot etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2021
20 yoshli “Damas” haydovchisi yoʻl chetida turgan toʻrt nafar oʻquvchilarni urib yuborgan. Ulardan biri YTH oqibatida vafot etgan.
TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Damas” haydovchisi yoʻl chetida turgan voyaga yetmagan piyodalarni urib yubordi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yoʻl-transport hodisasi 2 oktyabr kuni soat taxminan soat 15:00 da Chinor va Polvonyor koʻchalari kesishmasida roʻy bergan. 20 yoshli “Damas” haydovchisi Abduvoris K. boshqaruvni eplay olmasdan yoʻl chetida turgan voyaga yetmagan piyodalarni urib yuborgan. Bundan tashqari, “Neksiya” avtomobiliga borib urilgan. Haydovchi “Damas”ni ishonchnoma asosida boshqargan.
Peshexod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Hodisalar
Qashqadaryoda piyodani mashina urib ketdi - video
YTH oqibatida piyodalar – 10-sinf oʻquvchilari Gleb K. (2005 y.t.), Sarmat M. (2005 y.t.) va Temur X. (2006 y.t.) – tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ikkala haydovchilar ham shifoxonaga yotqizilgan.

Yana bir piyoda 10-sinf oʻquvchisi Artyom YE. (2004 y.t.) shifoxonaga olib ketilayotgan paytda vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala