Uzoq Sharq federal universiteti filialini Sirdaryoda ochish taklif qilindi

© Sputnik / Ilya Averyanov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunga qadar O‘zbekistonda 12 ta Rossiya oliy o‘quv yurtinining filiallari ochilgan.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Uzoq Sharq federal universiteti hamkorligida "Zamonaviy O‘zbekiston: mustaqillikning 30-yili natijalari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, tadbirda ushbu universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, professor-o‘qituvchilar va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Anjumanda joriy yil 24-oktabr sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, Primorsk o‘lkasida bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldin ovoz berish jarayoni, prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
O‘zbekiston prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashadigan Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining Uzoq Sharqdagi bo‘linmasi ilmiy xodimi, ekspert I.Zuyenko O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga bag‘ishlangan maxsus taqdimotini o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonda davlatimiz rahbari rahnamoligida siyosiy, huquqiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, shuningdek, ko‘p qirrali amaliy hamkorlik jadal rivojlanib, izchil mustahkamlanib borayotgani qayd etildi.
Ishtirokchilar Primorsk o‘lkasi va Sirdaryo viloyatlari o‘rtasida turli sohalar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish maqsadida olib borilgan uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashini va o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish kerakliligini bildirdi.
Otkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Markaziy Osiyo uchun bo‘lajak pedagogik xab: Toshkentda Gersen universiteti filiali ish boshladi
Davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni xalqaro va milliy doiralarda keng targ‘ib qilish, xususan, milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘ngi o‘zgartirishlar, yoshlar faolligini oshirishga, oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tizimli olib borish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.
Shu bilan birga, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik ishlari jadal rivojlanib borayotgani, hozirgi kunga qadar O‘zbekistonda 12 ta Rossiya oliy o‘quv yurtinining filiallari ochilganiga alohida to‘xtalib o‘tilib, Uzoq Sharq federal universiteti filialini Sirdaryo viloyatida ochish taklifi bildirildi.
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
Yangiliklar lentasi
0