Ayrim tovarlarga bojxona imtiyozlari qo‘llaniladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga olib kirishda ayrim tovarlar va transportlar uchun bojxona boji imtiyozlarining amal qilish muddati 2024-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonga olib kirishda quyidagi tovarlar va transportlar uchun bojxona boji bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2024-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi:
belgilangan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kiriladigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari;
nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yangi tez tibbiy yordam avtomobillari;
belgilangan ro‘yxatlarga ko‘ra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallar;
ishlab chiqarilganiga 5-yildan ortiq bo‘lmagan, yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan 8 va undan ortiq o‘rindiqlarga ega transportlar;
O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan, belgilangan ro‘yxatlardagi omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar;
dor (osma) yo‘llari, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, funikulorlar va boshqa o‘xshash obyektlar, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlari, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar.
Shuningdek, O‘zbekistonga olib kirishda quyidagi tovarlar 2021-yil 1-oktabrdan 2024-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod qilinadi:
- belgilangan ro‘yxat bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar;
- taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari, videoo‘yinlar uchun uskunalar va bouling uchun avtomatik uskunalar;
- belgilangan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari.
Gruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
Yuk mashinalarini O‘zbekistonga import qilishda imtiyoz beriladi
Yangiliklar lentasi
0