Hodisalar

Chilonzorda koʻp qavatli uyda gaz portlashi oqibatida 17 ta xonadon zarar koʻrdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishSotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Portlash oqibatida 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirilgan.
TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 7-mavze 59-uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 3 oktyabr kuni soat 22:13 da yetti qavatli uyning 36-kvartirasida roʻy bergan.
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun FVVning 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji darhol voqea joyiga yetib borgan.
“Mavjud maʼlumotlarga koʻra, ayni vaqtda, uy aholisi jabrlanmagan. Qurbonlar yoʻq”, — deyiladi xabarda.
Posledstviya vzrыva sklada v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2021
Video
“Yer qimirlab ketdi”: Toshkentdagi kuchli gaz portlashi oqibatlari
Hodisa oqibatida bir nechta kvartiralarga qisman zarar yetgan, deraza va eshiklar shikastlangan. 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda hamkorlikdagi xizmatlarning mutaxassislari ushbu favqulodda vaziyatning sabablarini oʻrganmoqdalar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala