Hodisalar

Chilonzordagi koʻp qavatli uyda gaz portlashi yuzasidan jinoiy ish ochildi

© Press-slujba "Xududgaztaʼminot"Vzrыv gaza v novostroyke v Chilanzarskom rayone Tashkenta
Vzrыv gaza v novostroyke v Chilanzarskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
“Hududgaztaʼminot” maʼlumotlariga koʻra, xonadon egasi esa gaz tizimiga ruxsatsiz ulangan.
TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi koʻp qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida roʻy bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Poytaxt IIBB xabariga koʻra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “b” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tekshiruv olib borilmoqda.
“Hududgaztaʼminot” maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻp qavatli uy hali foydalanishga topshirilmagan boʻlgan, xonadon egasi esa gaz tizimiga ruxsatsiz ulangan.
“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, xonadon egasi uyni gazlashtirish boʻyicha payvandlash ishlarini olib borish uchun payvandchini jalb qilgan va gaz taʼminoti tizimiga oʻzboshimchalik bilan ulangan”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Chilonzor tumanidagi yangi koʻp qavatli uydagi gaz portlagani va 17 ta xonadon zarar koʻrgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala