"Fevral voqealari"ga aloqador sobiq bojxona xodimlari ustidan sud boshlandi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovStatuya bogini pravosudiya
Statuya bogini pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
1999 yil Toshkentda sodir etilgan teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlari ustidan sud jarayoni boshlandi
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Oliy sud 1999-yil 16-fevralda Toshkentda sodir etilgan teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlarining ishini ko‘rishni boshladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha sobiq bojxona xodimi 2021-yilda oqlangan. Biroq, Toshkent viloyati prokurori oqlov hukmi ustidan shikoyat qilganidan so‘ng, ish qayta ko‘rib chiqishga yuborilgan.
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
DXX 16-fevral voqealariga aloqador terrorchini qo‘lga oldi
30 sentabrda Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar kollegiyasi ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni boshlagan. Prokuror Toshkent viloyati prokurorining protestini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va sobiq bojxona xodimlarining oqlanishini bekor qilishni va ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Shu bilan birga, sudlanuvchilarning advokatlari sudga ayblanuvchining aybsizligini va prokuror protestida keltirilgan dalillar aybni tan olish uchun asos bo‘la olmasligini e’lon qilishgan. Sudlanuvchilar suddan 2021-yil 24-iyulda Toshkent viloyati sudining apellyatsiya instansiyasi tomonidan chiqarilgan oqlov qarorini kuchda qoldirishni va protestni qondirishni rad etishni so‘rashgan.
Ish bo‘yicha keyingi sud majlisi 2021-yil 7-oktabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0