Ismatulla Irgashev YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

© Press-slujba MID UzbekistanaSpetsialniy predstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev
Spetsialniy predstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Afg‘oniston yo‘nalishidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Tera Hakala bilan uchrashdi", - deyiladi xabarda.
Situatsiya v gorodke Xayratan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Afg‘oniston yo‘nalishidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
YeI vakili O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatishdagi muhim rolini ta’kidlagan.
Shuningdek, Yevropa tomoniga O‘zbekistonning afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishga va Afg‘onistonga iqtisodiy ko‘mak berish borasidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Yangiliklar lentasi
0