Markaziy Osiyo Qobulni elektr ta’minotisiz qoldirishi mumkinmi?

LEP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston Energetika kompaniyasi Tolibon* elektr pulini to‘lamasa Markaziy osiyolik yetkazib beruvchilari elektr ta’minotini to‘xtatishi mumkinligidan xavotirda.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Qobulga elektr energiyasi uzilishi bilan bog‘liq gumanitar fojiya tahdid qilmoqda, deb xabar qildi Afg‘oniston davlat energetika korporatsiyasi (DABS) sobiq raisi Daud Nurzay, ANI axborot agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qobulda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar yo‘q, biroq kish kelishi bilan vaziyat keskin yomonlashishi mumkin.
"Tolibon* elektr energiyasi uchun xaq to‘lanmaganligi sababli, Markaziy Osiyodagi yetkazib beruvchilar resurslarni yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yishlari mumkin" - deya ta’kidladi Nurzay.
O‘zbekiston tomoni aytishiga ko‘ra, hozircha Afg‘onistonga elektr ta’minoti uzilgani yo‘q, ushbu masala bo‘yicha yaqin vaqt ichida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

"Elektr energiyasi uzilgani yo‘q. Yaqin orada O‘zbekiston delegatsiyasi borib ushbu va boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib kelishi kutilmoqda. Shundan so‘ng vaziyat aniq bo‘ladi", - deyilgan xabarda.

Ma’lumki, 2021-yilda Markaziy Osiyo hududi, jumladan Afg‘oniston ham qurg‘oqchilikdan aziyat chekdi va bu uning gidroenergetik resurslari kamiyishiga olib keldi. Afg‘onistonda o‘z elektr stansiyalari mavjud bo‘lmagani sababli, foydalanilayotgan elektr energiyasi asosan Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan yetkazib beriladi.
* - Rossiya va Tojikistonda taqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0