Rossiya

Moskvada “Hizb ut-Tahrir”* aʼzolari qoʻlga olindi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskvada taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir”* tashkilotining ikki rahbari va olti faol aʼzosi hibsga olindi.
TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada “Hizb ut-Tahrir”* yacheykasi yoʻq qilindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) maʼlumotlariga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Uning ikki rahbari va olti faol aʼzosi hibsga olindi”, - deyilgan xabarda.
FXX xabariga koʻra, terrorchilar maxfiy kvartiralarda toʻplanishgan va Moskva mintaqasi aholisi orasida terrorchilik gʻoyalarini targʻib qilishgan. Tintuv paytida ularning yonlaridan taqiqlangan targʻibot materiallari topilgan.
Rossiya JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqlda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
FSB RF presekla deyatelnost po organizatsii postavok narkotikov iz stran YES v Rossiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Rossiya
Qrimda “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy”* guruhining aʼzolari qoʻlga olindi - video
Yangiliklar lentasi
0