Muhammad payg‘ambarga karikatura chizgan rassom avariyada halok bo‘ldi

© REUTERS / TT NEWS AGENCYXudojnik i avtor karikatur na proroka Muxammeda Lars Vilks pogib v DTP v Shvetsii
Xudojnik i avtor karikatur na proroka Muxammeda Lars Vilks pogib v DTP v Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
Mahalliy politsiya vakili yuz bergan hodisa yovuz niyatli kimsalar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi versiyani inkor etgan.
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Muhammad payg‘ambar karikaturalari rassomi va muallifi Lars Vilks Shvetsiya janubida yo‘l transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Vilksni qo‘riqlab ketayotgan ikki nafar politsiyachilar ham u bilan birga halok bo‘lishgan. Bu haqda Frans Press agentligiga mahalliy politsiya vakili xabar bergan.
Avariya kunduz kuni Markarid shahri yaqinidagi E4 shossesida yuz bergan. Rassomni olib ketayotgan avtomobil yuk mashinasiga to‘qnashishi oqibatida, ikkala transport vositasi ham joyida alanga olgan. Mahalliy politsiya vakili yuz bergan hodisa yovuz niyatli kimsalar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi versiyani inkor etgan.
Fransuzskie pravooxraniteli v Lille - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2020
Charlie Hebdo karikaturalari uchun qasos: Parijda o‘qituvchi boshidan judo qilindi
"Agar bu haqiqat bo‘lganida, tergov boshqa yo‘nalishda olib borilgan bo‘lar edi... Yo‘l transport hodisasida ikki nafar politsiyachilar ham halok bo‘lishgani tufayli, tergov ishlari prokuraturaning alohida bo‘limiga topshirilgan", - degan agentlik suhbatdoshi.
Lars Vilksning Muhammad payg‘ambarga chizgan karikaturalari 2007-yilning yoz fasli oxirida shvetsiyaning Nerikes Allehanda nashri tomonidan chop etilgach shved OAVlari u haqda yoza boshlashgan edi. Karikaturalar chop etilgan kundan boshlab Lars Vilks politsiyachilarning doimiy qo‘rig‘iga olingan, chunki uning nomiga to‘xtovsiz tahdidlar kelib tusha boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0