Rossiya

Murashko JSSTda “Sputnik V” tan olinishining choʻzilishiga nima sabab boʻlganini maʼlum qildi

© AFP / NORBERTO DUARTEVaktsina "Sputnik V"
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vaktsina yuzasidan shikoyati boʻlmagan. Gap hujjatlar toʻplamida.
TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi yuzasidan shikoyati boʻlmagan, hujjatlarga oid ayrim savollar boʻlgan. Bu haqda Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko maʼlum qildi.

“Mahsulotga nisbatan shikoyat boʻlmagan, hujjatlar toʻplamiga oid savollar boʻlgan. Har bir farmatsevtika mahsuloti uchun ekspertlar bahosidan oʻtadigan hujjatlar toʻplami shakllantiriladi, ular tegishli ravishda xulosalarini taqdim etishadi”, - dedi Murashko “Biotexmed” forimida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Rossiya vazirining soʻzlariga koʻra, “muayyan qoidaga binoan hujjatlar toʻplamini rasmiylashtirish kerak boʻlgan”.
“Hozir oxiriga rasmiylashtirilgan, kiritilmoqda, mavjud kelishmovchiliklar olib tashlandi” , - dedi u.
Murashko zaruriy hujjatlar bir yarim hafta ichida topshirilishi kerakligini qoʻshimcha qildi.
Postavka 50 tыsyach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Dunyoda
G20 davlatlari “Sputnik V”ni koronavirus profilaktikasi uchun eng yaxshi vosita deb tan oldi
Avvalroq JSSTda “Sputnik V” vaktsinasini tan olish yoʻlidagi barcha toʻsiqlar olib tashlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala