Siyosat

Oʻzbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanasi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Maksim BlinovKak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax
Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
14−20 oktyabr kunlari saylovda muddatidan oldin ovoz berish mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. 2021 yil 14-20 oktyabr kunlari Oʻzbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish oʻtkaziladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda.
Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini koʻrsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Toʻldirilgan saylov byulleteni yopiq konvertda, tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.
Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Jamiyat
Xorijda saylovchilarning elektron roʻyxatini tuzish maxsus sayt ishga tushirildi
Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarida XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, OʻzLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzulla Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod sifatida roʻyxatga olingan. 20 sentyabrdan boshlab prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarini boshlashga ruxsat berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala